27 dekabr kuni Qirğizistonning Jalolobod viloyatida «Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston» temiryöli qurilişiga start berildi. Marosimda Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Özbekiston boş vaziri örinbosari Jamşid Xöjayev va Xitoy taraqqiyot va islohotlar milliy komissiyasi raisi Çjyen Şanji hamda boşqa rasmiylar qatnaşdi.
Ma’lum qilinişiça, uşbu yönaliş Xitoydan Qirğiziston, Özbekistonga, keyin Markaziy Osiyo va Yaqin Şarqning boşqa mamlakatlariga, jumladan Turkiyaga va undan keyin Yevropa Ittifoqiga yuklarni yetkazib berişni ta’minlaydi.
«Loyiha mintaqalararo aloqalarni mustahkamlaş, transport yönalişlarini diversifikatsiya qiliş va mintaqaning xalqaro transport-tranzit hab sifatida raqobatbardoşligini oşirişga yordam beradi, bu Markaziy Osiyo mamlakatlari maqsadlariga mos keladi», — dedi Sadir Japarov.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham marosim iştirokçilariga murojaat yöllab, «Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston» yangi magistral temiryöli qurilişi boşlanişi barçani tabrikladi.
«Bu döst mamlakatlarimiz salkam 30 yil davomida intilib kelgan tom ma’nodagi tarixiy voqeadir. Sizlarning iştirokingizda xalqaro ahamiyatga ega bölgan yangi transport arteriyasi yaratilmoqda. U Markaziy Osiyo mintaqasini Xitoy bilan qisqa yerusti yöli orqali boğlaydi, davlatlarimizning köp qirrali hamkorligini yanada kengaytiriş va strategik şerikligini mustahkamlaşga xizmat qiladi», — degan Özbekiston prezidenti.
Ma’lum qilinişiça, Koşğar – Torugart – Makmal – Jalolobod – Andijon yönalişi böyiça 20 ta stansiya, 42 ta köprik, 25 ta tunnel barpo etiladi. Bundan taşqari, zamonaviy tranzit-logistika infratuzilmasi, omborxona va terminallar quriladi.

Hisob-kitoblarga köra, uşbu yöl orqali yiliga 15 million tonna yuk taşiladi. Xitoydan Yevropa mamlakatlariga yuklarni yetkazib beriş masofasi va muddati bir neça ming kilometr va deyarli bir haftaga qisqaradi. Yölovçilarni muntazam taşişni yölga qöyiş imkoniyati paydo böladi.








