«Tergovga qadar tekşiruvni amalga oşirişda va jinoyatlarni tergov qiliş davomida aniqlangan kripto-aktivlarni olib qöyiş, xatlaş, saqlaş hamda topşiriş tartibi töğrisidagi» yöriqnoma Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi.
Unga köra, kripto-aktivlar tergovga qadar tekşiruvni amalga oşiriş va jinoyatlarni tergov qiliş davomida xatlaş, musodara qiliş, yetkazilgan zararni qoplaş uçun olib qöyilişi hamda dalil sifatida e’tirof etilişi mumkin.
Kripto-aktivlar bilan boğliq tergovga qadar tekşiruv va tergov harakatlarini ötkaziş kripto-aktivlar bilan işlaş könikmalariga ega bölgan mutaxassislar iştirokida amalga oşirilişi şart.
Quyidagi ma’lumotlar kripto-aktivlar bilan boğliq huquqbuzarliklarga oid axborot manbalari bölişi mumkin, jumladan:
- şubhali operatsiyalar töğrisidagi xabarlar;
- xizmatlar provayderlari va maynerlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar;
- nazorat qiluvçi (litsenziyalovçi) organlarning ma’lumotlari;
- oçiq axborot manbalaridan olingan ma’lumotlar.
Tergovga qadar tekşiruvni amalga oşiriş va jinoyatlarni tergov qiliş davomida kripto-aktivlar bilan boğliq huquqbuzarliklarga oid ma’lumotlar va dalillar quyidagilarda aniqlanişi mumkin:
- axborot taşuvçi qurilmalar;
- kripto-hamyonlar;
- qoğoz, bloknot yoki boşqa narsa va buyumlarda qayd etilgan qölyozma va yozuvlar.
Olib qöyilgan, xatlangan va dalil sifatida e’tirof etilgan kripto-aktivlarning hisobi suriştiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan yuritiladi.








