Farğona va Andijon viloyatlarida sintetik giyohvand moddalar tayyorlab sotiş bilan şuğullangan jinoiy guruh a’zolariga hukm öqilgan. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, huquq-tartibot idoralari tomonidan Farğona viloyati Quvasoy şahrida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbirda muqaddam sudlangan 49 yoşli fuqaro I.I. Telegram orqali giyohvandlik vositalari sotiş bilan şuğullanuvçi uyuşgan jinoiy guruh a’zosi tomonidan gaz peçi içiga yaşirilib, Rossiyadan yuborilgan 321 gramm “5F-APINACA” nomli sintetik narkotik moddani qabul qilib olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, keyinroq I.I. tomonidan xufiya joyga qoldirib ketilgan giyohvandlik vositasini oliş uçun kelgan Andijon viloyatining Marhamat tumanida istiqomat qiluvçi, 31 yoşli J.S. ham uşlangan.
Tergovga qadar tekşiruv davomida, uyuşgan jinoiy guruh a’zosi topşiriğiga köra, J.S. Andijon şahridagi xonadonlardan birini ijaraga olib, u yerda narkolaboratoriya taşkil qilganligi ma’lum bölgan.
Bundan taşqari, J.S. tomonidan Marhamat tumani hududidagi xufiya joyga yaşirib qöyilgan 4 kg 372 gramm “a-PVP” sintetik narkotik moddasi ham protsessual tartibda rasmiylaştirib olingan.
Holat yuzasidan ularga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilgan.
Qayd etilişiça, jinoyat işlari böyiça Toşloq tuman sudi tomonidan mazkur şaxslar Jinoyat kodeksining tegişli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, I.I. 13 yil 6 oy va J.S. 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.








