Janubiy Koreya harbiylari Jeju Air kompaniyasi samolyoti Muan aeroportida halokatga uçragani yuzasidan aviatsiya tarmoğini kompleks tekşirişni boşladi, deb xabar beradi Yonhap agentligi.

Qayd etilişiça, tergovda AQŞ hamda Boeing kompaniya vakillari ham iştirok etmoqda.

Mamlakat Harbiy-dengiz kuçlari qömondonligi vakillari öz samolyotlari, jumladan, Boeing 737-800 komponentlariga bazasida yaratilgan P-8A havo kemalarini tekşirişga kirişgan.

Bu kabi tekşiruv jarayonlari 2025 yil 4 yanvarga qadar davom etadi. Janubiy Koreya bu turdagi samolyotlardan oltitasini iyul oyida kemalarga qarşi kuraş potensialini oşiriş maqsadida sotib olgandi. Harbiy-havo kuçlari, şuningdek, halokatga uçragan Boeing kabi loyihalangan uzoq masofali radiolokatsion Peace Eyesamolyotlarini ham tekşirişni boşlagan.

29 dekabr kuni ertalab soat 09:07 da Jeju Air kompaniyasining Boeing 737−8AS yölovçi samolyoti uçiş-qöniş yölagidan çiqib, tösiqqa urilgan va yonib ketdi. Samolyot bortida jami 181 kişi bor edi: 175 yölovçi va 6 ekipaj a’zosi. Ulardan 179 nafari halok bölgan. Bir nafar yölovçi va ekipaj a’zolaridan biri qutqarib qolingan.

Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvçi Çoy Sang Mok mamlakatning Muan şahrida yölovçi samolyoti halokati tufayli 7 kunlik motam e’lon qilgan.