Uzoq yillar davomida Guantanamo qamoqxonasida saqlangan tunislik Rida bin Saloh al-Yazidi ozod etilib, vataniga qaytarildi. Bu haqda Pentagon e’lon qilgan press-relizga tayanib BBC xabar berdi.

Al-Yazidi uşbu qamoqxonada oçilgan vaqtdan — 2002 yilning yanvaridan beri dastlabki ayblov e’lon qilinmagan holda hibsda saqlangan. 59 yoşli erkak qamoqxonada olingan eng maşhur suratlardan birida tasvirlangan: unda mahbuslar Camp X-Ray’dagi oçiq osmon ostida tiz çökkan holda ötiribdi. Uşbu surat AQŞning terrorizmda gumon qilinganlarni hibsga oliş borasidagi ziddiyatli siyosati ramziga aylangan.

Al-Yazididan taşqari yana uç kişi Keniya va Malayziyaga jönatilgan. Jo Bayden administratsiyasi Guantanamodagi mahbuslar sonini bosqiçma-bosqiç qisqartirmoqda: u prezidentlik lavozimiga ötirganida qamoqxonada 40 nafar mahbus saqlangan bölsa, hozirda ularning soni 26 nafarni taşkil etmoqda. Mahbuslarning yarmidan ortiği boşqa joyga ötkaziliş huquqiga ega.

Guantanamo qamoqxonasi Kuba janubi-şarqidagi AQŞ harbiy-dengiz bazasida joylaşgan bölib, u 2001 yil 11 sentabr teraktlaridan keyin «terrorizmga qarşi kuraş» doirasida qurilgan. Qamoqxona işga tuşganidan beri xalqaro hamjamiyatning keskin tanqidlariga uçrab keladi va u inson huquqlarining buzilişi ramziga aylangan.

22 yil davomida qamoqxonada jami 780 nafarga yaqin mahbus saqlangan. Pentagon al-Yazidining Tunisga qaytariliş jarayoniga oid batafsil ma’lumotlarga töxtalmagan. New York Times’ning yozişiça, Yazidiga ayblov e’lon qilinmagan, uning boşqa joyga köçirilişi esa 10 yildan ortiqroq vaqt oldin ma’qullangan.