Janubiy Koreya politsiyasi 2 yanvar, payşanba kuni ertalab Jeju Air aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti 29 dekabr kuni qöniş çoğida halokatga uçragan Janubiy Koreyaning Muan xalqaro aeroportida tintuv ötkazdi. Şuningdek, tintuvlar aviakompaniyaning Seuldagi ofisi va Pusan ​​mintaqaviy aviatsiya ma’muriyatining Muan bölimida ham ötkazildi, deb xabar bermoqda "Ryonxap" axborot agentligi.

Rasmiylarning jurnalistlarga ma’lum qilişiça, tintuv ötkaziş uçun order odamlar ölimiga olib kelgan kasbiy ehtiyotsizlik ayblovi böyiça berilgan.

Jeju Air samolyoti halokatidan söng Janubiy Koreya hukumati mamlakat aviataşuvçilari tomonidan foydalaniladigan barça Boeing 737-800 samolyotlari 29 dekabr kuni töğri işlamay qolgan şassi moslamasi yuzasidan maxsus tekşiruvdan ötkazilişini e’lon qildi. Prezident vazifasini bajaruvçi Çoy Sang Mokning aytişiça, agar tekşiruvda samolyot modelida texnik nosozliklar aniqlansa, «zudlik bilan çora köriladi». Janubiy Koreyaning oltita aviakompaniyasi 101 ta Boeing 737-800 samolyotlaridan foydalanadi.

Halokatda faqat ikki kişi omon qolgan

29 dekabr kuni Bangkokdan parvoz qilgan Jeju Air aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti uçiş-qöniş yölagidan çiqib ketdi va Janubiy Koreyaning Muan okrugidagi aerodrom panjarasiga borib urildi. Uşbu halokat bortdagi 181 kişidan 179 nafarining hayotiga zomin böldi.

AFP mahalliy MBC telekompaniyasi taqdim etgan videoga tayanib yozişiça, hatto qöniş vaqtida samolyot dvigatellaridan tutun çiqqan, şundan söng yonğin kemani qamrab olgan. Boşqa materiallar yonğin birinçi navbatda samolyotning orqa qismiga ötganini körsatmoqda.

Dastlabki versiyaga köra, halokatga samolyotning qöniş vaqtida quşlar bilan töqnaşib ketişi sabab bölgan. Şu sababli, boşqa narsalar qatori, samolyotning şassi moslamasi işlamay qolgan — samolyot uçiş-qöniş yölagi böylab nazoratsiz ravişda «çiqib ketgan».