Rossiya Qurolli kuçlari safiga qöşilgan, Marhamat tumanida yaşovçi erkak jinoiy javobgarlikka tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, 1985 yilda tuğilgan T.A. işlab pul topiş maqsadida 2023 yil aprel oyida Rossiyaning Moskva şahriga borgan. U yerda mavsumiy işlarda işlab yurişi davomida Rossiya armiyasiga yollanib, Ukrainaga qarşi janglarda iştirok etgan.

Jumladan, T.A. 2023 yil 21 iyul kuni Rossiya Qurolli kuçlari bilan şartnoma tuzgan. Uşbu şartnomaga asosan Rossiya armiyasi safida Ukrainaning Şaxta va Baxmut şaharlaridagi harbiy harakatlarda qatnaşgan. 2023 yil 31 dekabr kuni esa Özbekistonga qaytib kelgan.

T.A. sudda aybiga töliq iqrorlik bildirgan.

“2023 yil 17 aprel kuni Moskva şahriga bordim. Dastlab 15 kun “Sarok” dökonida qassobçilik bilan şuğullandim. 2023 yilning taxminan may oyi boşida “Navatek” neft birjasiga işga kirdim. U yerda Rossiya fuqarosi Igor Vilodimoviç bilan tanişdim. Igor Vilodimoviç menga Rossiya va Ukraina örtasida bölib ötayotgan uruşda Rossiya Qurolli kuçlari nomidan iştirok etişini taklif qildi. Yollanişi evaziga menga katta miqdorda maoş berilişini, uruşda iştirok etişidan oldin Rossiya Qurolli kuçlari bilan özaro şartnoma tuzilişini, agarda uruşda jarohat olsam tovon puli ham berilişini aytdi.

Uning taklifiga qiziqib qoldim. 2023 yil iyun oyida Rossiya Qurolli kuçlari bilan harbiy xizmatga kiriş va öquv maşğulotlaridan ötiş böyiça özaro şartnoma tuzdim. Mazkur şartnomaga asosan 2 oy muddatga harbiy öquv maşğuloti ötaş uçun Moskva şahridagi öquv poligoniga bordim. U yerda harbiy qurollardan otiş maşğulotlarini örganib oldim.

2023 yil 21 iyul kuni Rossiya Qurolli kuçlari bilan şartnoma tuzdim. Unga asosan jangovar harakatlarda iştirok etişim uçun menga har oy 450 ming rubl pul tölanişi belgilandi. Dastlab 2 marotaba 150 ming rubl berildi, lekin keyinçalik heç qanday tölov amalga oşirilmadi.

2023 yil iyul oyi oxirlarida Rossiya Qurolli kuçlari tomonidan Ukrainaning Şaxta va Baxmut şaharlarida amalga oşirilayotgan jangovar harakatlarda iştirok etiş uçun bordim. 2023 yil noyabr oyiga qadar jangovar harakatlarda iştirok etdim. Ukrainaning 10 nafardan ortiq harbiy xizmatçilarini öldirdim. Jangovar harakatlarda yaxşi iştirok etganim uçun Rossiya Qurolli kuçlarining razvedka bölimiga ötkazişdi. Söng Ukraina davlatining Luhansk şahrida bölayotgan uruşda 5 oydan ortiq muddatda jang qildim.

2023 yil dekabr oyi oxirlarida Moskva şahriga qaytib keldim. Menga Rossiya Qurolli kuçlari safida qoliş taklifi berildi, ammo ularning taklifini qabul qilmadim