Samarqand viloyati Toyloq tumani «Qörğonça» MFYda joylaşgan oilaviy korxonalardan biri tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi, deb xabar beradi «Hududgazta’minot» matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, «Hududgaz Samarqand» GTF komplayens nazorat tuzilmalari, «Toyloqtumangaz» GTB, Boş prokuratura huzuridagi departament, «Özenergoinspeksiya» va huquqni muhofaza qiluvçi organlar iştirokida reyd tadbirlari ötkazilgan.

Tadbir davomida aniqlanişiça, oilaviy korxona (novvoyxona) egalari yaşirin yöl bilan tabiiy gaz tarmoğiga ulanib, undan noqonuniy foydalanib kelgan. Holat böyiça dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilingan va yetkazilgan zarar 1,329 milliard söm miqdorida hisoblangan.

Barça daliliy aşyo va hujjatlar huquq-tartibot organlariga topşirilgan.

Dekabr örtalarida Namangan şahridagi umumiy ovqatlaniş şoxobçasi 3 milliard sömlik gazdan noqonuniy foydalangani ma’lum bölgan, uşbu şoxobçaga egalik qiluvçi MÇJ mas’ullariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan edi.