Xitoyning köplab hududlarida odam metapnevmovirusi bilan kasallaniş holatlari aniqlanmoqda. Bu haqda 2 yanvar kuni Xitoy Kasalliklar nazorati va profilaktikasi boşqarmasi xabar berdi.

Boşqarmaning qayd etişiça, hozirda mamlakat böylab ötkir respirator virusli infeksiyalar (ÖRVI) tarqalişi muntazam oşib bormoqda.

23–29 dekabr kunlariga oid ma’lumotlar tahliliga köra, ÖRVI orasida gripp an’anaviy ravişda birinçi örinda: grippga öxşaş alomatlarga ega bemorlardan olingan namunalarning 30,2 foizida gripp virusi aniqlangan (bir hafta oldingidan 6,2 foizga yuqori).

Ikkinçi eng keng tarqalayotgan ÖRVI – odam metapnevmovirusi bölib, laborator tahlillarning 6,2 foizida uşbu infeksiya aniqlanyapti (bir hafta oldingidan 0,1 foizga yuqori). Metapnevmovirusga çaliniş holatlari 14 yoşgaça bölgan bolalar orasida köpaygan. Ösiş köproq Xitoyning şimoliy hududlariga töğri keladi.

Grippga öxşaş belgilar kuzatilayotgan bemorlarning 4,9 foizida rinovirus, 3,7 foizida adenovirus aniqlangan.

“Qiş uçun odatiy hol”

Xitoy Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ning 3 yanvar kungi matbuot anjumanida nafas oliş yöllari infeksiyalari qiş mavsumida eng yuqori çöqqiga çiqişi odatiy hol ekani, xorijliklar uçun Xitoyga sayohat qiliş xavfsiz ekanini ta’kidladi.

Şifoxonalarning gavjumligi haqidagi xabarlar töğrisida söralganda, u “kasalliklar ötgan yilga nisbatan yengilroq va kiçikroq miqyosda tarqalayotgani”ni aytdi.

Kambodja Yuqumli kasalliklarni nazorat qiliş departamenti metapnevmovirusi va Covid-19 örtasidagi öxşaşliklarni qayd etgan. Indoneziya, Hindiston va Yaponiya kabi qöşni mamlakatlarda OAV fuqarolarni Xitoydagi vaziyatdan xabardor bölişga va ehtiyot çoralarini körişga çaqirgan.

Qozoğistonda – 30 ta holat

5 yanvar kuni Qozoğiston Soğliqni saqlaş vazirligi ham öz statistikasini taqdim etdi. Vazirlik metapnevmovirus yangilik emasligi, u klassik viruslar qatorida turişini qayd etgan.