Huquq-tartibot idoralari tomonidan joylarda ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida Haj va Umra ziyoratlari bilan boğliq qonunbuzilişlarga çek qöyildi.

Jumladan, Namangan şahrida yaşovçi 59 yoşli O.S. mahalliy fuqaro hamda uning onasini turizm yönalişida faoliyat yurituvçi MÇJ orqali 2025 yilgi Haj mavsumida Saudiya Arabistoniga farz amallarini bajariş uçun yuboriş evaziga 10 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Boşqa holatda esa Guliston şahrida faoliyat yurituvçi sayyohlik firmasi ta’sisçisi Ğ.A. tegişli litsenziyaga ega bölmasa-da, Sirdaryo tumanida yaşovçi fuqaro va uning tört nafar qarindoşini Umra ziyoratiga yuboriş evaziga 6 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 400 dollar va 1,3 million söm olgan vaqtida qölga tuşgan.

Bunday noqonuniy holatlar Surxondaryo viloyatida ham qayd etilgan. Xususan, Sariosiyo tumanidagi sayyohlik firmasi işçisi D.R. heç qanday vakolati bölmasa-da, mahalliy fuqaroni Umra amallarini bajariş uçun Saudiya Arabistoniga yuboriş evaziga 1100 AQŞ dollari va 200 ming söm olgan vaqtida uşlangan.

Denov şahridagi sayyohlik firmasi rahbari Ş.Q. 50 yoşli fuqaroni Umra safariga yuborişni va’da qilib, evaziga 1000 dollar va 1 million 280 ming söm olgan vaqtida qölga olingan. Şuningdek, Denov tumanida yaşovçi 35 yoşli X.N. özganing işonçiga kirib, unga özi işlayotgan sayyohlik yönalişidagi MÇJ orqali Umraga boriş uçun imtiyozli yöllanmasi borligini aytib, uni Saudiya Arabistoniga ziyoratga yuboriş evaziga 1200 AQŞ dollari va 650 ming söm olgan vaqtida uşlangan

Hozirda barça holatlar yuzasidan mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq litsenziya olmasdan odamlarni Umraga yuborgan firmalarga çora körilgani töğrisida xabar berilgandi. Xususan, bitta firma BHMning 200 baravari miqdorida jarimaga tortilgan. Yana ikkitasiga nisbatan töplangan materiallar tegişli çora köriş yuzasidan huquq-tartibot organlariga yuborilgan.