Aleksandr Lukaşenko Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Lukaşenko uruş boşida undan uzr söragani haqidagi gapiga munosabat bildirdi.

«Belta» xabariga köra, Lukaşenko xorijdagi ayrim niyati yomon kimsalar Belarusni uruşga tortişga urinayotgani va bunda Zelenskiydan ham foydalanayotganini aytgan.

«U yerdagilar [xorijda] qiynalmoqda. Şuning uçun bizni ham uruşga tortiş kerak. Nega Volodya Zelenskiy özini bunday tutmoqda? Axir biz u bilan yaxşi edik. Va mening kiçik oilam ham. U nega vaysayapti, unga nima yetmayapti? Unga buyruq berişyapti. Mamlakatimizni uruşga tortiş uçun har tomonlama harakat qilişmoqda...», — dedi Lukaşenko.

Lukaşenko agar Belarus uruşga tortiladigan bölsa, «juda oğir bölişini, davlat sifatida bunga bardoş berolmasligi mumkinligi»ni, şuning uçun bundan qoçişga harakat qilayotganini aytgan. «Lekin biz doş berişimiz kerak. Mayli, bizda diktatura deyişsin, istaganini aytişsin. Menga qarang, Ukrainadagi demokratiyadan köra, Belarusdagi diktatura yaxşiroq. Biz bunga doş berişimiz kerak. Har qanday holatda ham qörqmaslik kerak», — degan Lukaşenko.

U öz hukmronligi yillarida mamlakat «yupqa muz ustida yurgan bölsa-da, heç qaçon muzni öyib yubormagani va suvga qulab tuşmagani»ni ta’kidlagan.

6 yanvar kuni Volodimir Zelenskiyning podkaster Leks Fridmanga bergan intervyusi e’lon qilingan, unda Ukraina prezidenti boşqa gaplar qatori RFning Ukrainaga keng kölamli bosqinining ilk kunlarida Aleksandr Lukaşenko undan Belarus hududidan yöllangan zarbalar uçun uzr söragani va bunga javoban Mozirskiy neftni qayta işlaş zavodiga zarba berişni taklif qilganini aytgandi. 

Keyinçalik, Lukaşenkoning matbuot kotibi Natalya Eysmont bu iddaolarni rad qildi. «Zelenskiydan uzr söralmadi, çunki bizda uzr söraş uçun heç qanday sabab yöq», deb ta’kidlagan u.