Ukrainadagi dezertirlik mojarosi: 155-brigada bilan nimalar bölmoqda?
|02:50 / 08.01.202536 47116 min
«Anna Kiyevskaya» nomidagi 155-Alohida mexanizatsiyalaşgan brigada Ukraina qurolli kuçlaridagi namunali brigadaga aylanişi közda tutilgandi. Uni tayyorlaş va qurollantiriş bilan töliğiça Fransiya hukumati şuğullangan. Ammo uşbu bölinma maşğulotlarni yakunlab Ukrainaga qaytganida u amalda yaroqsiz holatda ekani haqida gaplar urçidi.
Foto: 155-alohida mexanizatsiyalaşgan brigadaFoto: 155-alohida mexanizatsiyalaşgan brigada
155-brigadadagi tang holat haqida dastlab dekabr oyida harbiy bloger va «Tsenzor.Net» naşri boş muharriri Yuriy Butusov xabar bergandi. U qömondonlik, qurollaniş, jangçilarni tayyorlaş hamda brigada harbiy xizmatçilarining yoppasiga dezertirligi bilan boğliq muammolar haqida aytib bergan, askarlarning bir qismi Fransiyadagi maşğulotlar çoğidayoq qoçib ketgan.
Oliy rada deputati Maryana Bezuglaya «Anna Kiyevskaya»ni hisobot uçungina tuzilgan, keyin esa yaroqli bölinmalari va texnikalari boşqa qismlarga ötkazilgan «zombi brigada» deb atadi.
Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Oleksandr Sirskiy 5 yanvar kuni 155-mexanizatsiyalaşgan brigada böyiça «hal etilişi lozim bölgan muammoli masalalarga alohida e’tibor qaratgani»ni aytdi. Bu hozirça mazkur mojaro yuzasidan hukumatning hozirça yagona rasmiy reaksiyasi böldi.
15 noyabr kuni Fransiya mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu «Anna Kiyevskaya» brigadasi bayroğida öz imzosini qoldirdi
Butusovning sözlariga köra, prezident Volodimir Zelenskiy yanvar boşida Oliy boş qömondon ştabi yiğilişida uşbu bölinma bilan boğliq vaziyat böyiça yiğiliş ötkazgan hamda işni şaxsan öz nazoratiga olgan.
BBC Ukraina xizmatining prezident ofisidagi manbasi esa bu ma’lumotni rad etgan. Uning sözlariga köra, ştab yiğilişida bu masala körib çiqilmagan.
«Vaziyat bilan esa bir neça hafta oldinroq, Davlat tergov byurosi darajasida ham, harbiy qömondonlik darajasida ham şuğullana boşlaşgan», — deya qöşimça qilgan manba.
Çindan ham, Davlat tergov byurosi 2 yanvardayoq 155-brigada röy bergan hodisalar yuzasidan jinoiy iş qözğatilganini ma’lum qilgandi. Iş Ukraina jinoyat kodeksining «harbiy vakolatlardan çetga çiqiş» (426-modda, 1-qism) va «dezertirlik» (408-modda) böyiça oçilgan.
Byurodagilar BBC muxbiri bilan suhbatda tergovga xalaqit bermaslik uçun tekşiruv tafsilotlari oçiqlanmasligini bildirgan.
Bu qanday brigada va alohidaligi nimada?
«Anna Kiyevskaya» alohida mexanizatsiyalaşgan brigadasi namunali brigadaga aylanişi va töliğiça Ukrainaning ğarblik hamkorlari tomonidan tayyorlangan va qurollantirilgan birinçi brigada bölişi kerak edi.
Mavzuga oid
Fransiya rasmiylari uşbu harbiy tuzilma ustidan rasman «homiylik»ni öz zimmasiga olgan, prezident Emmanuel Makron hatto ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida «Anna Kiyevskaya» jangçilarining maşğulotlaridan video va fotolar joylagandi.
Bu tuzilma 2024 yil martida şakllantirila boşlagan. Uning tarkibiga şartnoma asosidagi köngillilar emas, asosan safarbar qilingan fuqarolar jalb etilgan. Alohida mexanizatsiyalaşgan brigadaga rahbar etib jangovar tajribaga ega polkovnik Dmitro Ryumşin tayinlangan.
Kuzda «Anna Kiyevskaya» jangçilari tayyorgarlik köriş va fransuz harbiy texnikalari, xususan minomyotlar va Caesar öziyurar artilleriya qurilmalari bilan tanişiş maqsadida Fransiyaga yöl olgandi.
Fransuz harbiylari Ukrainaning 155-brigadasi jangçilarini 2024 yilning oktyabr-noyabr oylarida öqitdi
Ukrainlarni tayyorgarlikdan ötkaziş binolarni tozalaş taktikalari, köça janglari hamda noqulay ob-havo şaroitida bölinmalarning harakatlarini muvofiqlaştirişni öz içiga olardi.
Öquv maşğulotlari ikki oy davom etdi va 2024 yil kuzi oxirida 155-brigada Ukrainaga qaytib keldi. Uning batalyonlari darhol frontning eng qaynoq uçastkasiga — Pokrovsk ostonasiga taşlandi.
Quruqlik qöşinlari qömondonligi «Anna Kiyevskaya»ni Fransiyada NATO standartlari böyiça tahsil olgan hamda ğarb texnikalari bilan jihozlangan «zamonaviy tuzilma» deb ta’riflagan.
Keyin esa ukrain jangçilarining barçasi ham Fransiyadan Ukrainaga qaytib kelmagani oşkor böldi.
«Ommaviy dezertirlik»
Butusovning sözlariga köra, brigada sentabr oxirida Fransiyaga yöl olişidan oldinroq, undan 935 kişi qoçib ketgan. 2 ming jangçi xorijga çiqqan, şundan yana 50 nafar harbiy dezertirlik qilgan. U bu ma’lumot manbasini keltirmagan.
Jurnalist brigadaning xizmat joyini ruxsatsiz tark etiş sababli yöqotişlarini taxminan 1700 kişiga baholagan, ya’ni 5,8 ming atrofidagi şaxsiy tarkibning 30 foizga yaqini dezertirlik qilgan.
«Anna Kiyevskaya»ni Fransiyadagi maşğulotlar çoğida tark etgan dezertirlardan biri anonimlik şarti bilan «Ozodlik radiosi»ga bu vaziyat tafsilotlarini oçiqlagan.
Özining aytişiça, u 20 yil muqaddam harbiy kafedrani tamomlagani uçun ofitserlik unvonini olgan, ammo jangovar tajribaga ega bölmagan. 155-brigadada uni muhandislik ta’minoti vzvodiga komandir etib tayinlaşgan, holbuki u özida tegişli bilim va könikmalar yöqligini aytgan.
Uni qömondonlik tarkibi vakili sifatida Fransiyada tayyorgarlikdan ötiş uçun yuborişgan. Ammo uning fikriça, tayyorgarlik darajasi kerakli darajada bölmagan. Va ukrain jangçilari Fransiyada muntazam qöriqlov va nazorat ostida bölganiga qaramay, ulardan ayrimlari baribir yaşirinişga muvaffaq bölgan.
«Biz yaşagan hudud töliq örab olingandi. Hammayoqda it yetaklagan fransuzlar yurardi. Tunda hudud ustida dronlar uçirilardi. Devor tikanli sim bilan öralgandi. Ammo qandaydir tarzda u yerdan ham qoçişning uddasidan çiqişdi. Töğrisini aytsam, agar bizni qamoqxonadagidek qöriqlaşmasa, yarmimiz qoçib ketgan bölardik», — degan harbiy.
155-brigadaning Fransiyadagi maşğulotlar vaqtida binoni şturm qiliş maşqi
Hozirda Davlat tergov byurosi ommaviy dezertirlik sabablarini örganmoqda, ammo «Anna Kiyevskaya» bilan boğliq vaziyatni unikal deyiş mumkinmi?
BBC Ukraina boş prokuraturasi saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga asoslanib aniqlaşiça, 2024 yil kuzi oxirigaça mamlakatda öz xizmat joyini özboşimçalik bilan tark etiş va dezertirlik faktlari böyiça 95 mingdan ortiq jinoiy işlar oçilgan.
Naşrning Boş ştabdagi manbasi haqiqiy raqamlar yanada yuqori ekani — 100-150 ming holat qayd etilganini aytgan. Garçi bu ma’lumot rasman tasdiqlanmagan bölsa-da, amalda bu mudofaa kuçlarining butun tarkibining öndan birini taşkil etadi.
Bunday holatlar soni 2024 yilda oşgani majburiy safarbar qilingan harbiy xizmatçilar (ularni köçada yoki boşqa jamoat joylarida uşlab, harbiy komissariatlarga olib ketişmoqda) soni sezilarli darajada oşgani bilan boğliq bölişi mumkin. Odatda bunday toifada motivatsiya böyiça katta muammolar böladi.
Yana bir sabab — keng kölamli uruşning ilk oylaridan buyon, uzoq vaqt davomida ta’til olmasdan frontda jang qilgan harbiylar ruhan va jismonan çarçaganidir.
Hududiy mudofaa qöşinlaridagi brigada komandirlaridan biri bu masalaga izoh berarkan, uning bölinmasidagi jangçilarning 20 foizga yaqini dezertirlik qilganini aytadi.
«Boşqa bölinmalarda ham taxminan şunday raqamlar. Şifoxonadagi örtaça harorat şunday», — deya qöşimça qilgan u.
Ya’ni «Anna Kiyevskaya»ning körsatkiçlari Ukraina qurolli kuçlaridagi örtaça statistikadan u qadar katta farq qilmaydi.
Bundan taşqari, ukrain harbiylari xorijdagi maşğulotlar vaqtida dezertirlik qilişi 155-brigada uçun kamyob holat emas. Şunga öxşaş holatlar oldinroq Germaniya va Britaniyadagi maşğulotlar çoğida ham kuzatilgan.
Qömondonlik va texnika bilan boğliq muammolar
«Anna Kiyevskaya» dezertirlikdan taşqari qömondonlik va boşqaruvdagi çalkaşlik kabi muammolarga ham duç kelgan.
Ukrainaga qaytib kelingaç, dekabr oyi boşlarida brigada komandiri Dmitro Ryumşin lavozimidan olingan.
«Men brigadani tark etyapman, ammo uşbu jasur jamoaning bir qismi bölganimdan doimo faxrlanaman», — deyilgan uning 11 dekabr kuni e’lon qilingan bayonotida.
Ryumşinning örniga 155-brigada boşqaruviga polkovnik Taras Maksimov tayinlanadi. Uşbu ofitser knyaz Roman Velikiy nomidagi 14-alohida mexanizatsiyalaşgan brigadani (doimiy joylaşuv manzili Volinsk oblasti Volodimir şahrida) boşqarganida tanilgandi.
Maksimov II darajali Bogdan Xmelnitskiy ordeni va qirol Daniil Galitskiy ordeni bilan taqdirlangan.
Dekabr oyi boşida «Anna Kiyevskaya» brigadasi komandiri Dmitro Ryumşin (çapda) lavozimidan olingandi. Uning örniga polkovnik Taras Maksimov (öngda) tayinlangan. Bu aynan brigadadagi dezertirlik mojarosi bilan boğliq
Yuriy Butusov keltirgan ma’lumotlarga köra, 155-brigada tuzilganidan buyon uning ştati yetti bor özgargan. Şu bilan birga, rahbarlik lavozimidagi ofitserlar köp holatlarda yetarli tajriba va könikmalarga ega bölmagan.
«Tsenzor.Net» boş muharriri brigadadagi batalyonlardan birining «Nik» çaqiruv belgisiga ega komandiridan intervyu olgan, u bölinmasidagi deyarli barça jangçilar safarbar qilinganlardan iborat ekani va raqib pozitsiyalarini şturm qiliş buyruqlarini bajariş uçun kerakli jangovar tajribaga ega bölmaganini aytgan. Rotalar komandirlarida ham şu kabi muammolar bölgan.
«Brigada komandiri rota komandirlari buni qila olmasa, demak batalyon komandiri qilişi kerakligini aytdi. Men buni buyruq sifatida qabul qildim», — degan ofitser.
Resurslar çeklangani tufayli batalyon komandiri jangovar topşiriqni bajariş uçun şturmoviklarni emas, texnik ta’minot rotasi harbiylarini olib ketişiga töğri kelgan. Ular raqibni yakson etib, pozitsiyani egallagan, ammo qöllov yöqligi tufayli u yerda mustahkam örnaşib qololmagan.
Şu bilan birga, batalyon komandiri «Anna Kiyevskaya» brigadasi hozirda amalda şakllaniş jarayonida ekani, jangçilar endigina jangovar tayyorgarlik va muvofiqlaştiriş bosqiçini ötayotganini aytgan.
«Agar brigadaning kuç va vositalari töliq, şaxsiy tarkib ham nisbatan yaxşi tayyorlangan va muvofiqlaştirilgan bölsa, jang qiliş ham osonroq bölardi», — deya qayd etgan «Nik».
155-brigada batalyonlaridan birining komandiri «Nik» aytişiça, brigada jang maydonida ham amalda şakllaniş jarayonini davom ettirmoqda. Foto: Butusov plyus
Butusovning ma’lum qilişiça, 155-brigada töliğiça fransuz hamkorlar tomonidan jihozlangan, ammo Ukrainaga qaytilganidan keyin uning artilleriyasining bir qismi, birinçi navbatda Caesar öziyurar artilleriya qurilmalari divizioni boşqa jangovar brigadalarga ötkazilgan.
Butusov «Anna Kiyevskaya»da radioelektron kuraş vositalari hamda dronlar bilan boğliq muammolar ham borligini yozadi. Uşbu harbiy tuzilmaga faqat 150 ta dron berilgan — bu oldingi çiziqdagi «eng köp sarflanadigan» qurol uçun juda kam miqdor sanaladi.
Kombat «Nik» dronlar bilan boğliq muammo bölganini tan oladi, ammo bu masala köngillilar yordamida hal etilmoqda. Şuningdek, dron operatorlarini öqitiş uçun qöşimça maşğulotlar ötilmoqda, çunki Fransiyada bu sohada olingan bilimlar Ukrainadagi jang maydoni uçun yetarli bölib çiqmagan.
«Bizda (dronlar bilan boğliq) holat boşqa brigadalar bilan soliştirganda u qadar açinarli emas. Ammo hozirda ularning soni oşirilmoqda», — degan ofitser.
Kim aybdor?
Yuriy Butusov aytişiça, «Anna Kiyevskaya»ni tayyorlaş va uning bölinmalarini frontga yuborişga «Ğarb» operativ qömondonligi mas’ul bölgan. Brigada qömondoni Ryumşin esa jangçilarning iştiyoqsizligi va bölinmalarni boşqarişdagi muvaffaqiyatsizlik uçun lavozimidan ayrilgan.
Ammo «Ğarb» qömondonligidagilar BBC uçun bergan izohida «Anna Kiyevskaya» brigadasi uçun javobgar bölmaganini bildirişgan. Şu bilan birga, uşbu tuzilmani tayyorlaşga aynan kim javob berganiga aniqlik kiritilmagan. Hozirda brigada «Hortitsa» operativ-strategik guruhi tarkibidagi «Donetsk» operativ-taktik guruhi böysunuvida.
«Ular (155-brigada jangçilari) amalda bizning böysunuvimizda emasdi. Ular «bizniki» edi, ammo barça tayyorgarlik va boşqa işlar Boş ştabning boşqa tarkibiy bölinmalari va boşqarmalari tomonidan amalga oşirilgan», — degan «Ğarb» operativ qömondonligi vakili, polkovnik Oleg Dombrovskiy.
«Köryapsizmi, bu brigadada yuzaga kelgan muammolar va vaziyat, aslida front çiziğidagi vazifalarni bajarayotgan deyarli barça harbiy tuzilmalarimizga xos, — deydi ofitser. — Ammo bu şu tarzda yuzaga çiqqani — bu böyiça nimadir qiliş kerakligi haqidagi ogohlik qönğiroği».
Dombrovskiy 155-brigada muammolarini yetarliça «tipik» deb atagan va buning sababi «global masalalar»da emas, balki köproq şaxsiy tarkibda, degan fikr bildirgan.
«Bormi, bor, qabilida bölgan. Ammo bunday xulosalar çiqariş lozim», — deydi u.
Eskilari örniga yangi brigadalar
Harbiy tahlilçi Mixaylo Jiroxov «Anna Kiyevskaya» brigadasining muammolari butun Ukraina qurolli kuçlari uçun xosligi haqidagi fikrlarga qöşiladi. Bu safarbar qilingan piyoda qöşinlar yetarli darajada tayyorgarlikka va iştiyoqqa ega bölmagani, qömondonlik tarkibi tez-tez özgarişi bilan boğliq muammolar hamda texnika va öq-dorilar yetkazib berilişidagi uzilişlarni anglatadi.
Tahlilçilar, deputatlar va harbiylar yeçim sifatida yangi brigadalar şakllantiriş amaliyotidan voz keçib, mavjudlarini kuçaytirişni taklif qiladi. Bu qurolli kuçlar tarkibida faqat qoğozda jangovar körinib, front çiziğiga borganida muammolarga duç keladigan «zombi bölinmalar» paydo bölişiga barham berişi kerak.
Hozirda boş ştab köp hollarda mavjud jangovar brigadalarni faqat biriktirilgan bölinmalar bilan mustahkamlamoqda, bular odatda vaqtinçaga qöşib beriladigan batalyonlar böladi.
Aslida bunday yangi brigadalar paydo bölişi ğarb qurollari bilan boğliq, deydi Jiroxov. Operativ vaziyat Ukraina qurolli kuçlari boş ştabiga jangovar brigadani qayta qurollantiriş uçun front çiziğidan olib çiqişga imkon bermaydi. Buning uçun yangisini tuziş osonroq.
«Masalan, 155-brigada töliğiça fransuz qurollari bilan jihozlangan. Hozirda frontda turgan «eski» brigadani qayta jihozlaş uçun uni qayta tiklaş maqsadida olib çiqiş talab etiladi», — deya izohlaydi tahlilçi.
«Anna Kiyevskaya»ning muammolari çindan ham deyarli barça yangi tuzilgan brigadalar uçun xos, deydi harbiylar va ekspertlar
Brigadani qaytadan tiklaşga kamida ikki oy ketadi, bu vaqtda yangi qurollarni özlaştiriş va ular bilan maşğulotlar ötkaziş kerak böladi. Intensiv harbiy harakatlar şaroitida esa bu deyarli imkonsiz.
Çiqiş yöli butun brigadalarni emas, alohida batalyonlarni bosqiçma-bosqiç rotatsiya qiliş bölişi mumkin. Muammolarning yana bir yeçimi — yangi brigadalarni noldan emas, balki tajribali jangovar ofitserlar asosida taşkil etiş.
«Ya’ni uruş körgan bir batalyon bölsa, uning atrofida yangi brigada şakllantirsa bölsadi», — deydi Jiroxov.
Şu bilan birga, «eski» brigadalar köpinça eng yaxşi ofitserlarini boşqa «yangi» brigadaga yuborişni istamaydi, deya qöşimça qiladi u. Tahlilçining fikriça, Ukraina qurolli kuçlarini asosini polk darajasida kengaytirilgan batalyonlar taşkil etuvçi diviziya tizimiga ötişi orqali vaziyatni qisman tuzatiş mumkin.
Ammo, bu keng kölamli uruş şaroitidagi armiya uçun uzoq va qiyin keçadigan jarayon, deydi ekspert.