Yevrokomissiya vakili Yeva Grnsirova Yevropa Ittifoqi Xitoyda tarqalgan virus sabab yangi pandemiyaga tayyorgarlik köriş zaruratini körmayotganini ma’lum qildi.
«Hozir pandemiyaga tayyorgarlik köriş zarurati yöq, biz Xitoydagi vaziyatdan xabardormiz, tibbiyot agentligimiz vaziyatni kuzatib bormoqda, şuningdek, u yaqin haftada soğliqni saqlaş böyiça qömitada muhokama qilinadi», — deydi Grnsirova.
XXR Kasalliklar profilaktikasi va nazorat qiliş boşqarmasi mamlakatning şimoliy provinsiyalarida metapnevmovirus tarqalganini e’lon qilgandi. Uşbu virus bilan kasallaniş holati Qozoğistonda ham aniqlangan.
Avvalroq Sanepidqömita metapnevmovirus infeksiyasi töğrisida ma’lumot bergandi. Qömitaga köra, metapnevmovirus bilan kasallangan odamlarning aksariyati asoratlarsiz tuzalib ketadi. Uşbu virus bilan kasallaniş holatlari har yili dunyoning barça mamlakatlarida qayd etiladi.
Mutaxassisga köra, metapnevmovirus umuman yangi emas, u ilk marta 1960-yillarda aniqlangan. Virus boşqa ötkir respirator infeksiyalar singari isitma, yötal, aksiriş, bronxlarda yalliğlaniş bronxit yoki bronxolit hamda öpkadagi yalliğlaniş, zotiljamga sabab bölişi mumkin. Metapnevmovirus ötkir respirator infeksiya bölgani uçun ham u havo tomçi va ifloslangan yuza orqali yuqadi.








