DGB hisob-kitoblariga köra, umumiy zararning eng katta qismi - 35 mlrd yevro xodimlar hissasiga töğri keladi. Bu mablağ işçilarga qonunda belgilangan minimal iş haqi töliq tölanmagani natijasida yuzaga kelgan.
Yana 22 mlrd yevro ijtimoiy suğurta jamğarmalari tomonidan yöqotilgan. Xodimlarga rasman tölanişi lozim bölgan iş haqi kamaytirib körsatilişi yoki töliq tölanmasligi natijasida ijtimoiy suğurta tizimiga ham yetarli miqdorda badallar kelib tuşmagan.
Bundan taşqari, Germaniya soliq organlari 7 mlrd yevro miqdorida daromad soliğini ololmagan.
Kasaba uyuşmalari birlaşmasi ayrim holatlarda bunday moliyaviy yöqotişlar iş beruvçilarning qonunda belgilangan majburiyatlarni bajarmasligi bilan boğliq jinoiy xatti-harakatlar natijasi ekanini ta’kidlagan.
Har soat uçun 2,40 yevrogaça kam tölangan
Tahlil xodimlar örtasida ötkazilgan sörov natijasida olingan iş vaqti va daromadlar haqidagi ma’lumotlarga asoslangan.
DGB ma’lumotlariga köra, Germaniyada qonuniy minimal iş haqi joriy etilgan 2015-yildan buyon har yili örtaça 2 mln nafarga yaqin xodim belgilangan miqdordan kam iş haqi olgan.
Bunday xodimlarga har bir iş soati uçun örtaça 1,70 yevrodan 2,40 yevrogaça kam haq tölangan.
Natijada xodimlar nafaqat joriy daromadining bir qismidan mahrum bölgan, balki ular uçun tölanadigan ijtimoiy suğurta badallari ham kamaygan. Bu esa ijtimoiy suğurta jamğarmalari tuşumlariga ham ta’sir körsatgan.
Minimal iş haqi soatiga 13,90 yevro
Matnda keltirilişiça, Germaniyada qonun bilan belgilangan minimal iş haqi hozirda soatiga 13,90 yevroni taşkil etadi.
Uşbu miqdorni faqat qonunda nazarda tutilgan ayrim istisno holatlardagina kamaytiriş mumkin. Xususan, ba’zi amaliyot ötovçilar uçun alohida qoidalar amal qilişi mumkin.
DGB tahliliga köra, minimal iş haqi talablarini çetlab ötiş faqat xodimlarning şaxsiy daromadiga emas, balki davlat byudjyeti va ijtimoiy suğurta tizimiga ham milliardlab yevro miqdorida moliyaviy yöqotiş keltirib çiqargan.













