Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy allaqaçon ikkinçi muddatga nomzodini qöyişga qaror qilgan. Bu haqda Ukrainaning «Telegraf» naşri davlat rahbariga yaqin bölgan manbalariga tayanib xabar berdi.

«52 foizli işonç darajasi bilan unda prezidentlik saylovlarida ğalaba qozoniş imkoniyati mavjud», — deyiladi xabarda.

«Telegraf» Zelenskiyning asosiy raqibi sifatida Ukraina Qurolli kuçlarining sobiq boş qömondoni, mamlakatning Buyuk Britaniyadagi elçisi Valeriy Zalujniyni körsatgan. Naşrning qayd etişiça, «vaqti-vaqti bilan uni ukrainaliklar orasida işonç reytingi yetakçisi» deb ataşadi.

Ma’lumotlarga köra, Zalujniy hozirça «özining siyosiy kelajagi» töğrisida yakuniy qaror qabul qilmagan. Naşrning ta’kidlaşiça, Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yerman Zalujniy agar öz nomzodini ilgari surmay, saylovlarda Zelenskiy tomonida iştirok etsa, sobiq boş qömondon «Xalq xizmatkori» partiyasi röyxatida birinçi örinni va Oliy Radada spikerlik lavozimini olişi mumkinligi haqida xabardor qilgan.

«Telegraf», şuningdek, Zalujniy prezidentlikka nomzodini qöyişga qaror qilsa, jinoiy javobgarlikka tortilişi bilan tahdid qilinayotgani haqida ham yozgan. U jalb etilişi mumkin bölgan tergovlardan biri — bu «2022 yilda Xersonni kim topşirgani» borasida.

Jurnalistlarning siyosiy rejalari haqidagi savolga Zalujniy quyidagiça javob qaytargan: «Avval biz davlatçiligimizni saqlab qolamiz. Şundan keyingina gaplaşamiz».

Ukrainada prezidentlik saylovlarini ötkaziş 2024 yil mart oyiga rejalaştirilgandi. Parlament saylovlari 2023 yil oktyabrda bölib ötişi kerak edi. Ukrainada harbiy holat tufayli saylovlar ötkazilmagan.

2019 yilgi saylovlar avvalida Zelenskiy faqat bir muddatga prezidentlik lavozimida qolişini va ikkinçi muddatga saylaniş niyatida emasligini ma’lum qilgandi. 2023 yilda u kelgusi yilda, uruş vaqtida saylovlar ötkaziladigan bölsa, prezidentlikka yana nomzodini körsatiş rejasini aytgan.

Leks Fridmanga bergan intervyusi davomida Zelenskiy Ukrainada saylovlar harbiy holat bekor qilinişi bilan ötkazilişini ma’lum qilgan. Şu bilan birga, u unda iştirok etiş yoki etmaslik böyiça yakuniy qaror qabul qilmaganini bildirgan.