Samarqand viloyati Past Darğom tumanida «Hududgaz Samarqand» gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bölimi xodimlari va huquq-tartibot organlari hamkorligida ötkazilgan reyd jarayonida qonunbuziliş holati foş etildi. Bu haqda «Hududgazta’minot» matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, tumanning «Qozoqnayman» MFYda istiqomat qiluvçi fuqaro M.A. xonadonida issiqxona taşkil qilib, loyiha-texnik hujjatlari rasmiylaştirmasdan, gaz hisoblagiçdan taşqari tabiiy gaz quvuriga özboşimçalik bilan ulanib olgan.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilingan va 462,7 million sömlik zarar hisoblangan.

Noqonuniy holat böyiça barça hujjatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan.

Avvalroq Samarqandda 1,33 mlrd sömlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona, şuningdek, Andijonda tabiiy gaz tarmoğiga ma’nan eskirgan va nosoz hisoblagiç örnatib, 518 mln sömlik zarar yetkazgan çoyxona aniqlangani töğrisida xabar berilgandi.