Namangan viloyatida litsenziya olmasdan Umra tadbirlarini taşkil etib kelgan MÇJ 75 million söm jarimaga tortildi. Bu haqda Din işlari böyiça qömita xabar berdi.
Qayd etilişiça, Namangan şahrida joylaşgan «Zaytun turizm» MÇJga nisbatan litsenziyasiz Umra tadbirini taşkil etgani uçun moliyaviy jarima qöllangan.
Umra tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş böyiça faoliyat uçun litsenziya oliş sohasidagi huquqbuzarliklar uçun yuridik şaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 million söm) etib belgilangan.
Öz navbatida Din işlari böyiça qömita ziyoratçilarga Umra amallarini munosib va xavfsiz bajarişlari uçun ogoh bölişni va keyinçalik turli köngilsiz holatlarga tuşib qolmaslik maqsadida işonçli hamda kafolatlangan xizmatlardan foydalanişni tavsiya etadi.
Avvalroq Namanganda ona-bolani Haj ziyoratiga yuboriş evaziga 10 ming dollar olgan şaxs uşlangani töğrisida xabar berilgandi. Uşbu şaxs fuqarolarga turizm yönalişida faoliyat yurituvçi MÇJ orqali 2025 yilgi Haj mavsumida Saudiya Arabistoniga farz amallarini bajarişga yuborişni va’da qilgan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan.







