Kaliforniya janubidagi yirik örmon yonğinlarida kamida 24 kişi halok böldi. Bu ma’lumotlar 12 yanvar, yakşanba kuni keçqurun (mahalliy vaqt bilan) The Washington Post naşri tomonidan keltirilgan.
Ştat gubernatori Gevin Nyusomning aytişiça, zarar kölami bu tabiiy ofatni AQŞ tarixidagi eng yomoniga aylantirişi mumkin.
Sinoptiklarning ma’lumotlariga köra, 13-15 yanvar kunlari Kaliforniyada "Santa-Anna" şamollarining kuçayişi kutilmoqda, bu esa avvalroq yonğinlarning tarqalişiga sabab bölgan. Ayni paytda mahalliy rasmiylar 12 yanvar kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Los-Anjyeles çekkasidagi Pasifik-Paliseyds va Itondan evakuatsiya qilingan aholi 16 yanvarga qadar uylariga qaytişlariga umid bildirgan.
WP ma’lumotlariga köra, Los-Anjyeles çekkasida 7 yanvardan beri davom etayotgan uçta yonğin 40 000 akr maydonni yöq qildi, bu San-Fransisko hududidan kattaroqdir. Kaliforniya örmonlarni muhofaza qiliş va yonğindan saqlaş departamenti (Cal Fire) ma’lumotlariga köra, yonğin 12 mingdan ortiq inşootni vayron qilgan va 150 mingga yaqin odamni öz uyini tark etgan.













