Şvetsiya Boltiq dengizidagi çuqur dengiz aloqa kabellarini himoya qilişga möljallangan NATO operatsiyasida iştirok etiş uçun uçta harbiy kema va bir radar kuzatuv samolyotini yubormoqda. Bu haqda Skandinaviya qirolligi boş vaziri Ulf Kristersson 12 yanvar, yakşanba kuni Şvetsiyaning Selen şahrida bölib ötgan xavfsizlik anjumani çoğida ma’lum qildi.

«Uşbu harbiy kemalar NATO qömondonligi ostida böladi va Boltiq dengizidagi vaziyatdan xabardor böliş uçun yaxşi şaroit yaratadi. Bu Şvetsiyaning katta va muhim hissasidir», dedi qirollik mudofaa vaziri Pol Yonson öz nutqida. 

NATOning Boltiq dengizini patrul qiliş operatsiyasi u yerdagi çuqur dengiz kabellari şikastlangan bir neça holatlar fonida amalga oşirilmoqda, bunda Rossiyaning «soyadagi floti» deb ataladigan tankerlar va Xitoyning Yi Peng 3 kemasi iştirok etgan bölişi mumkin. Operatsiyaga qança NATO kemalari jalb qilinadi haqida Şimoliy Atlantika alyansining Bryusseldagi qarorgohi xabar bermadi. Dpa agentligiga köra, ular önga yaqin böladi.

Ulf Kristersson Selendagi brifingda aniq ayblovlarsiz, Boltiq dengizida vaqti-vaqti bilan «ğalati narsalar» sodir bölayotgani ularning ortida duşmanlik niyati turganini anglatişi mumkinligini ta’kidladi. «Şvetsiya va uning qöşnilari endi bunga toqat qilmaydi», dedi u.

NATO Boltiqböyidagi muhim suvosti obektlarini qöriqlaydi

NATO kemalari Boltiq dengizidagi muhim suvosti obektlarini qöriqlaydi. Bu haqda Finlyandiyaning Yle teleradiokompaniyasi 7 yanvar kuni ma’lum qildi.

Uning ma’lumotlariga köra, operatsiya hafta oxirida boşlanadi va aprelgaça davom etadi. Hammasi bölib önga yaqin kemalar iştirok etadi.

Fin körfazida xavfsizlik birinçi navbatda Finlandiya va Estoniya kuçlari tomonidan amalga oşiriladi. Boltiq dengizida boşqa davlatlarning kemalari energiya va IT kabellari yonida navbatçilik qiladi.

2024 yil 30 dekabrda Şimoliy Atlantika alyansi akvatoriyada mavjudligini kuçaytirişga qaror qildi.