Qalbaki spirtli içimliklarni tayyorlaş hamda tarqatiş bilan şuğullanib kelgan ikki nafar Turkmaniston fuqarosi Istanbul şahrida qölga olindi. Bu haqda Özbekistonning Istanbul şahridagi boş konsulxonasi xabar berdi.

Olingan ma’lumotlariga köra, sönggi sutka içida Istanbul şahrida jami 38 kişi soxta spirtli içimlik iste’moli oqibatida zaharlangan. Kasalxonaga murojaat qilganlarning 11 nafari hayotdan köz yumgan. 

Politsiya voqea yuzasidan keng qamrovli tergov işlarini boşlagan. Ma’lum bölişiça, şifoxonaga murojaat qilganlarning 26 nafari xorijliklardir.

Mazkur holatga aloqadorlikda ayblanib, ikki nafar Turkmaniston fuqarosi qölga olingan va ularga nisbatan jinoyat işi oçilgan.

Hozirga vaqtga qadar qalbaki spirtli içimliklar oqibatida vafot etgan Özbekiston fuqarolari soni 6 nafarga yetgan. Ulardan 5 erkak va 1 nafar ayol kişini taşkil etmoqda.

Avvalroq Samarqand şahrining Kimyogarlar qörğonida 17 kişi vafot etgani, ular qölbola spirt iste’molidan zaharlangan bölişi mumkinligi xabar qilingandi.  Boş prokuratura 13 yanvar kuni mazkur zaharlaniş holati böyiça rasmiy bayonot berib, dastlabki ma’lumotlarga köra 5 kişi vafot etgani haqida xabar bergan edi.