Ukraina hamon Rossiya hududining bir qismini uşlab turgan Kursk oblastida şimoliy koreyalik harbiylar paydo bölişi Ukraina qurolli kuçlari uçun vaziyatni «sezilarli darajada yomonlaştirdi», degan bir neça ukrain harbiylari The New York Times bilan suhbatda.
Ularning sözlariga köra, KXDRdan kelgan harbiylar tufayli janglar «avvalgiga qaraganda ança şiddatli» tus olgan. «Ular [şimoliy koreyalik askarlar] bizning front çiziqlarimizga yopirilib, zaif nuqtalarni topişmoqda va yorib ötişmoqda», — deydi Ukraina qurolli kuçlari vzvodi komandiri, 30 yoşli kiçik serjant Aleksey (The New York Times maqolasida deyarli barça ismlar xavfsizlik nuqtayi nazaridan özgartirilgan).
Harbiy razvedka zobiti, 44 yoşli Andrey agar javob qaytarilmasa, «raqib özini ustun his qilişi»ni qöşimça qiladi. «Kimdir sizni urişda davom etsa va siz qarşilik körsatmasangiz, hujum qilayotgan özini psixologik jihatdan qulay his qilib, özidan ketadi», — deydi u.
Ukrainalik harbiylar Şimoliy Koreya qöşini «intizomli, sodiq va qörqmas kuç» sifatida jang qilişi, odatda katta bölinmalar hatto minalangan maydonlar böylab harakatlanişi — artilleriya öqlari ostida va dronlar ta’qib etganida ham oldinga yurişda davom etişini aytib berişgan.
11 yanvar kuni Volodimir Zelenskiy Ukraina qurolli kuçlari ilk marta Şimoliy Koreyaning Rossiya tomonida turib jang qilgan ikki fuqarosi qölga olingani haqida xabar berdi. «Bu vazifa oson bölmadi: odatda ruslar va Şimoliy Koreya jangçilari yaradorlarni yöq qilişadi va Ukrainaga qarşi uruşda yana bir davlat – Şimoliy Koreya iştiroki haqida heç qanday dalil bölmasligi uçun hamma çoralarni köradi», — degandi ukrainlar prezidenti. Ikki kun ötganidan keyin u asirlar söroq qilinişi videosini e’lon qildi, unda tarjimon orqali javob qaytargan asirlar qayerdaligini bilişmasligini aytişgan, ulardan biri uruşga emas, maşğulotga deb Rossiya hududiga olib ötilganini bildirgan.
Umuman olganda, ukrain harbiylari Kursk oblastidagi janglarni juda oğir deb ta’riflaşgan. NYT qayd etişiça, sönggi kunlarda ukrain kuçlari Sudjadan ğarbdagi hududlarni egallaşga urinib, hujum boşlagan.
Vzvod komandiri, serjant Oleksandrning sözlariga köra, Kursk oblastidagi janglar u 2014 yilda armiya safiga kirganidan buyon guvoh bölgan eng oğir janglar bölmoqda. U vaziyatni Baxmut atrofidagisi bilan soliştirgan, ikki yil muqaddam bu yerda ukrain qöşini pulemyotçilarni muntazam ravişda almaştirib turişiga töğri kelgandi, çunki ular juda köp odamni öldirişga ruhan bardoş bera olmagan. «Ikki soatda şunçalik köp odamni yer tişlatganidan keyin ular bunga ruhan doş berolmasdi. Hozir bu yerda ham şunaqa bölmoqda», — degan u.









