Yaponiyalik olimlar 65 yoşdan oşgan 8766 kişining ma’lumotlarini tahlil qildi. Ular MRT natijalari yordamida kök çoy iste’moli va boş miya holati örtasidagi boğliqlikni örgandi, deb xabar bermoqda Medical Xpress naşri.

Tahlil jarayonida miya oq moddasidagi şikastlanişlar sonining kamayişi va yaşil çoyni muntazam iste’mol qiliş örtasida sezilarli boğliqlik aniqlangan. Xususan, har kuni uşbu içimlikni uç piyola (600 ml) içgan keksalarda oq moddaning zararlanişi, bir piyola (200 ml) bilan çeklanganlarga nisbatan 3 foizga kamroq ekani ma’lum bölgan. Kuniga 7-8 piyola çoy içganlarda esa bunday buzilişlar soni bir piyola bilan çeklangan guruhga nisbatan 6 foizga kam bölgan.

Tadqiqot doirasida kök çoy iste’moli va gippokamp (miyaning qisqa muddatli xotira vazifasini bajaruvçi qismi) yoki boş miyaning umumiy hajmi örtasida sezilarli boğliqlik aniqlanmadi. Bundan taşqari, uşbu içimlik depressiyadan aziyat çekadiganlar va Alsgeymer kasalligiga yuqori darajada moyil odamlar uçun kamroq samarali ekani ma’lum böldi.

Kök çoydagi moddalar qon tomir şikastlanişlarini yumşatişi va miya salomatligini yaxşilaşi taxmin qilinadi. Biroq ularning bevosita ta’siri hali tajribalar orqali isbotlanmagan.

Olimlar çoydan taşqari qahvani ham örgandi, ammo bu içimlik yuqoridagi körsatkiçlarga sezilarli ta’sir körsatmadi.

Ma’lumotlar 2016 yildan 2018 yilgaça bölgan davrda töplangan. Ular 65 yoş va undan katta bölgan 8766 nafar iştirokçining parhez va kognitiv baholari hamda MRT tekşiruvlarini öz içiga oladi. Mutaxassislar kunlik kök çoy va qahva iste’molini ölçaş uçun tört guruhga (0−200 ml, 201−400 ml, 401−600 ml hamda 601 ml va undan yuqori miqdorda iste’mol qiluvçilar) bölingan sörovnomadan foydalanişgan.