Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev lavozimidan ozod etildi. Bu haqda investitsiya va eksport mavzusida bölib ötayotgan prezident selektorida ma’lum qilindi.

Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar berişiça, Mahmudaliyev investitsiyalarni jalb qiliş, qişloq xöjaligini rivojlantiriş va boşqa yönalişlardagi faoliyatda jiddiy kamçiliklarga yöl qöygani uçun lavozimidan olingan.

Akmaljon Mahmudaliyev 2022 yil 26 noyabrdan buyon Sirdaryo viloyatini boşqarib kelayotgandi. U faoliyati davomida Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi, Farğona viloyati Uçköprik tumani hokimi, Navoiy viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimlarida ham işlagan.

16 yanvar kungi prezident selektorida, şuningdek, 16 ta tuman va şahar hokimlariga hayfsan e’lon qilindi.

Şavkat Mirziyoyevning sözlariga köra, ayrim tuman hokimlari investitsiya va eksport masalasini öz holiga taşlab qöygan.

«Ötgan yili Beruniy, Qoraözak, Qönğirot, Peşku, Yangiobod, Qamaşi, Xonqa, Şovot tumanlarida investitsiya 15 million dollarga ham yetmadi. Romitan, Dehqonobod, Mirişkor, Çiroqçi, Narpay, Nurobod va Guliston tumanlari, Ohangaron şahrida eksport kamaygan. Uşbu 16 ta tuman va şahar hokimlariga hayfsan e’lon qilindi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Quyidagi hokimlarga hayfsan jazosi berilgan:

  • Beruniy tumani hokimi Xidirov Ikrom Torebayeviç;
  • Qoraözak tumani hokimi Baymuratov Anvar Maxsetoviç;
  • Qönğirot tumani hokimi Madaminov Bekzod Baxodiroviç;
  • Peşku tumani hokimi Davlatov Hayot Hasanoviç;
  • Yangiobod tumani hokimi Qarşiboyev Ibroxim Boltayeviç;
  • Qamaşi tumani hokimi Usmonov Xurşid Abdukarimoviç;
  • Xonqa tumani hokimi Davlatov Muradbek Saparboyeviç
  • Şovot tumani hokimi Xolboyev Oybek Madaminoviç;
  • Romitan tumani hokimi Barnoyev Umedjon Isoyeviç;
  • Dehqonobod tumani hokimi Şokirov Şerzod Ötkiroviç;
  • Mirişkor tumani hokimi Ğulomov Fayzullo Qurbonoviç;