AQŞning saylangan prezidenti Donald Trampning maslahatçilari endilikda Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni tugatiş uçun bir neça oy yoki hatto köproq vaqt talab etiladi deb hisoblaşmoqda. Reuters Tramp va uning maslahatçilarining uruşni yakunlaş haqidagi bayonotlari tahlil qilingan maqolasida qayd etişiça, saylangan prezidentning maslahatçilari uning taşqi siyosat böyiça asosiy va’dasi — Rossiya-Ukraina uruşiga AQŞ rahbarligidagi ilk kundayoq barham beriş haqidagi va’dasidan asta-sekin çekinmoqda.

Agentlikning Trampga yaqin bölgan ikki manbasi mojaroni hal qiliş uçun ketadigan muddat «oylar»da ölçanişiga işonişadi. Ularning sözlariga köra, uruşni prezidentlikning ilk kunida yakunlaş va’dalari — «saylovdan oldingi maqtançoqlik», vaziyatning qançalik murakkabligini tuşunmaslik va yangi prezident ma’muriyatini şakllantiriş uçun zarur bölgan vaqtni töğri baholay olmaslik natijasidir.

Reuters saylovoldi kampaniyasi çoğida Tramp Rossiya-Ukraina uruşini AQŞ prezidenti lavozimidagi dastlabki 24 soat içida tugatiş haqida ön marta gapirganini eslatgan. Saylovdan keyin u ritorikasini özgartirdi va mojaroni hal qiliş ehtimoli böyiça aniq raqamlarni keltirişni bas qildi. Dekabr oyidagi matbuot anjumanida Tramp Ukrainadagi uruşni yakunlaş Ğazo sektorida öt oçişni töxtatişga erişişdan qiyinroq bölişini tan olgandi.

Inauguratsiyasi 20 yanvarga belgilangan AQŞning saylangan prezidenti 2025 yil boşida yaqin yarim yil içida Vladimir Putin bilan uçraşuv ötkazişga umid qilayotganini bildirdi. Şu bilan birga, Trampning atrofidagilar u va rossiyaliklar prezidenti «yaqin kunlar yoki haftalar içida» telefon orqali muloqot qilişi, ularning uçraşuviga tayyorgarlik jarayoni esa «qizğin pallada» ekanini ma’lum qilişgan.

Trampning Ukraina va Rossiya böyiça maxsus vakili Kit Kellog esa Kiyevga möljallangan taşrifini qoldirgan, Reuters ma’lumotiga köra, u yanvar oyi boşida Ukraina poytaxtiga kelişi kerak edi. Ötgan haftada Fox News uçun bergan intervyusida Kellog uruşni yuz kun içida tugatiş uçun yeçim topişni xohlaşini aytdi.

Trampning va uning safdoşlarining ritorikasi özgarganiga Financial Times gazetasi ham e’tibor qaratgan. Naşr manbalariga köra, saylangan prezident jamoasi hali ham mojaroga qanday barham berişni özi uçun belgilab olmagan va bu masala böyiça yondaşuvini qayta körib çiqmoqda. «Trampning butun jamoasi kuçga va kuçli körinişga mukkasidan ketgan», — degan naşr suhbatdoşlaridan biri. U Trampning bölğusi ma’muriyati ularning Ukraina böyiça qarori Jo Bayden davrida AQŞ qöşinlari Afğonistondan «şarmandali olib çiqilgani» bilan soliştirilişidan xavotirlanmoqda.