16 yanvar kuni Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer hukumat rahbariga aylanganidan buyon ilk marta Kiyevga keldi.
«Tinçlik kuç orqali», — deya yozdi Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer poyezdda Kiyevga kelganidan keyin. Vokzalda uni Buyuk Britaniyaning Ukrainadagi elçisi Martin Harris hamda Ukrainaning Londondagi elçisi Valeriy Zalujniy kutib olgan.
Peace through strength.
— Keir Starmer (@Keir_Starmer) January 16, 2025
I’m in Kyiv with a simple message to the people of Ukraine:
Our 100 Year Partnership is a promise that we are with you, not just today or tomorrow, but for a hundred years – long after this war is over and Ukraine is free and thriving once again. pic.twitter.com/sd7BghKz28
Starmer Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan Dauning-stritdagilar Ukraina bilan «yuz yillik muhim hamkorlik» deb atagan bitimga imzo çekkan.
Hujjat Londonning Kiyevga körsatib kelayotgan yordamini rasmiylaştiradi, şuningdek, unda Buyuk Britaniya öz zimmasiga oladigan yangi majburiyatlar körsatilgan.
Starmer Rossiya bilan uruş qurbonlari yodgorligiga gulçambar qöygan va jurnalistlarga Britaniya Ukrainani qöllab-quvvatlaşdan «heç qaçon çekinmasligi»ni bildirgan.
Uşbu marosimdan taxminan bir soat ötib Ukraina poytaxtida portlaş ovozlari eşitilgan va dronlar hujumi xavfi tufayli ma’lum vaqt davomida havo hujumidan ogohlantiruvçi trevoga yangrab turgan. «Poytaxt markazida havo hujumidan mudofaa tizimlari işlamoqda. Xavfsiz joylarda böling!» — deya yozgan telegramda şahar meri Vitaliy Kliçko.

Kelişuv nimalarni öz içiga oladi?
Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elçisi va Ukraina qurolli kuçlari sobiq boş qömondoni, Kiyevdagi temiryöl vokzalida Starmerni kutib olgan Valeriy Zalujniy kelişuvda xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilganini aytgan.
Britaniya TIV öz saytida yozişiça, kelişuv «dengiz xavfsizligi sohasida harbiy hamkorlikni kuçaytiradi va Boltiqböyi, Qora va Azov dengizlarida xavfsizlikni mustahkamlaş hamda Rossiya agressiyasining oldini oliş uçun yangi işlaş prinsiplarini belgilab beradi».









