Hamburgda öng populistik «Germaniya uçun muqobil» partiyasidan Germaniya kansleri lavozimiga nomzod Alis Vaydelning taşrifiga qarşi mitingda 16 mingdan ortiq odam iştirok etdi. Bu haqda 16 yanvar, payşanba kuni dpa agentligi xabar berdi.
Namoyişçilar Hamburgning asosiy vokzaliga yiğilib, u yerdan şahar köçalari böylab yurişdi. Politsiya ma’lumotlariga köra, namoyiş tinç ötgan. Xabar berilişiça, mitingga yoşlar ham, keksalar ham, bolali oilalar ham çiqqan.
Payşanba kuni keçqurun Vaydel Hamburgda nutq sözladi. Bu hududda GuM fraksiyasi 123 örindan atigi 7 tasiga ega. Fraksiya a’zolari şahar hokimiyatida tadbir uyuştirib, Vaydelni taklif qilişdi. U 100 dan ortiq odam uni tinglagan töla zal oldida çiqiş qildi.
Politsiya mahalliy parlament atrofini qöriqlaşga oldi. Jami 1500 ga yaqin politsiyaçi jalb qilingan. Bir neça kişi parlament binosi atrofidagi politsiya tösiğini buzib ötişga harakat qildi, deya xabar beradi dpa.
Hamburg rasmiylarining tanqidi
GSDP (53) va "Yaşillar" (32) Hamburg parlamentida eng köp öringa ega. Federal davlat maqomiga ega bölgan şaharni qizil-yaşil koalitsiya boşqaradi. Hamburgning birinçi meri, sotsial-demokrat Peter Çençer Vaydelning nutqiga qarşi çiqdi. Uning sözlariga köra, «ba’zida hatto bu yerda ham çaqirilmagan mehmonlar böladi».
GSDPning Hamburg bölimi rahbari, mahalliy parlament a’zosi Dennis Tering voqeani tanqid qildi: «Bugun bizning gözal va erkin Hamburgda Rossiya tarafdori gapirayotgani açinarli. GuMga yöq deymiz».








