Hamburgdagi markaziy vokzalda yuz bergan hujum oqibatida kamida 12 kişi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy politsiya va öt öçiriş xizmati ma’lum qildi.

«Dastlabki ma’lumotlarga köra, boş vokzalda fuqaro piçoq bilan bir neça kişiga jarohat yetkazgan. Gumonlanuvçi tezkor xodimlar tomonidan uşlangan», — deyiladi politsiya bayonotida.

AFP agentligining Hamburg öt öçiriş xizmati vakiliga tayanib ma’lum qilişiça, hodisa oqibatida 12 kişi jarohat olgan. Bild naşriga köra, jarohat olganlarning uç nafari oğir ahvolda, yana uç nafari jiddiy yaralangan. Olti kişiga yengil jarohat yetgan.

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 18:05 da poyezd kelişidan oldin platformada sodir bölgan. Hujumni ayol kişi amalga oşirgani ma’lum qilindi. Uning bu kabi harakatlariga nima sabab bölgani noma’lum.

Ayrim jabrlanuvçilarga tibbiyot xodimlari poyezd vagonlarining özida yordam körsatişga majbur bölgan. Yuz bergan voqea sabab boş vokzalda poyezdlar qatnovi butunlay töxtatilgan.