Isroil matbuoti HAMAS bilan öt oçişni töxtatiş va garovga olinganlarni ozod qiliş böyiça kelişuvning töliq matnini e’lon qildi.

Times of Israel gazetasi keltirgan va Misr, Qatar va AQŞ vositaçiligida 15 yanvar kuni kelişilgani aytilayotgan hujjat 8 bob va 20 banddan iborat.

Qayd qilinişiça, öt oçişni töxtatişning birinçi bosqiçi 42 ​​kun davom etadi va bu vaqt içida garovga olingan 33 isroillik navbatma-navbat ozod qilinadi. Ulardan 9 nafari kasal va yarador bölib, ular Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan 110 nafar falastinlik mahbusga almaştiriladi.

Isroil, şuningdek, janglar boşlanganidan beri hibsga olingan, ammo 2023 yil 7 oktyabrda HAMAS hujumiga aloqador bölmagan 1 ming nafar Ğazo aholisini ozod qilişga ham rozi böldi. Garovga olingan har bir keksa (50 yoşdan oşgan) Isroil qamoqxonalarida umrbod qamoq jazosini ötayotgan 3 nafar falastinlikka yoki boşqa turdagi jazoni ötayotgan 27 nafargaça mahbusga almaştiriladi.

Kelişuv böyiça ozod qilingan barça falastinliklar Ğazo sektoriga yoki uçinçi davlatlarga yuboriladi.

Kelişuv matni quyidagiça:

- Öt oçişni töxtatiş kelişuvi kuçga kirgaç, Isroil mudofaa kuçlari (TSAHAL) öz qöşinlarini aholi ziç joylaşgan hududlardan olib çiqişni boşlaydi. Harbiylar Isroil va Ğazo sektori çegarasining janubi va ğarbidagi maxsus bufer zonada qoladi. Uning uzunligi 700 m böladi, lekin 5 nuqtada uni yana 400 m ga oşiriş mumkin;

- Içki köçirilgan qurolsiz falastinliklar öz uylariga, jumladan, Ğazo sektori şimoliga qaytişi mumkin böladi. Ularning transporti vositaçilar tomonidan tanlangan xususiy pudratçi tomonidan tekşiriladi;

- TSAHAL Ğazo-Misr çegarasidagi Filadelfiya yölagi hududidagi askarlari sonini bosqiçma-bosqiç kamaytirişi kerak böladi va 42-kuni garovdagi sönggi odam ozod qilingaç, hududdan töliq çekinişni boşlaydi. Bu şartnoma kuçga kirgan kundan boşlab 50 kundan keçiktirilmasligi kerak;

- HAMAS garovdagi barça ayollar va bolalarni ozod qilgaç, Isroil Misr çegarasidagi «Rafah» nazorat-ötiş punkti tinç aholi va yaradorlar uçun oçilişiga ruxsat beradi. Kuniga atigi 50 nafar yarador jangariga uç nafardan köp bölmagan odam hamrohligida çegarani kesib ötişga ruxsat beriladi. TSAHAL kuçlari çegara punkti yaqinida joylaştiriladi;