Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) raisi Qamçibek Taşiyevning aytişiça, respublika hududining bir qismi avvallari özbekistonlik kriminal avtoritet Salim Abduvaliyev tomonidan nazorat qilingan. Bu haqda u 16 yanvar kuni oliy ta’lim tizimi xodimlari bilan uçraşuvda ma’lum qildi, deb yozdi Kloop.
Taşiyevga köra, «Salimboyvaçça» nomi bilan tanilgan Abduvaliyev Qirğiziston janubini töliq nazorat qilgan.
«Uyuşgan jinoiy guruhlarning barça yetakçilari, yirik tadbirkorlar, hatto siyosatçilar va deputatlar ham uning oldiga borgan. Keyin esa hamma aytganlarini bajarişgan», dedi u.
Taşiyev kriminal avtoritet bilan boğliq faktlarni ötgan zamon fe’lida gapirib, hozir bunga barham berilganini ta’kidladi.
MXDQ raisi, şuningdek, mahalliy kriminal yetakçi Qamçibek Qölboyevning öldirilişi masalasini ham esladi. U «qonunga bepisand öğrini» yöq qiliş buyruğini berişga majbur bölganini tan oldi, çunki jinoiy dunyo vakillari «butun mamlakat böylab hokimiyatni qölga kiritib, davlat bilan taqqoslanadigan boşqaruv tizimini yaratgan edi».
«Ularning öz prezidenti - «qonunga bepisand öğri», şuningdek, viloyat, tuman va şaharlar böyiça nazoratçilar ham bor edi. Ular tadbirkorlardan pul yiğişgan. Men davlat manfaati uçun Qölboyevni yöq qiliş töğrisida qaror qabul qilişga majbur böldim. Uni yöq qildik, keyinroq esa şeriklari va uyuşgan jinoiy guruhning boşqa a’zolarini ham yöq qildik», dedi Taşiyev.
Taşiyevning ğurur bilan ta’kidlaşiça, bugungi kunda Qirğiziston Markaziy Osiyo va butun possovet hududida uyuşgan jinoiy guruhlar mavjud bölmagan yagona davlatdir.
«Kolya qirğiz» laqabli Qamçibek Qölboyev maşhur «qonunga bepisand öğri»lardan biri edi. AQŞ razvedka idoralari uni dunyodagi eng yirik narkobaronlar röyxatiga va sobiq Sovet Ittifoqining eng nufuzli 10 nafar kriminal avtoriteti röyxatiga kiritgandi. Qölboyev 2023 yil 4 oktyabrda Qirğiziston xavfsizlik kuçlari tomonidan ötkazilgan maxsus operatsiya çoğida öldirildi.
Salim Abduvaliyev 2024 yil mart oyida Özbekistonda öqotar qurollarning noqonuniy savdosi uçun 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. 2025 yil 12 yanvar kuni 73 yoşli Abduvaliyev soğliğiga köra qamoqdan ozod etilgani ma’lum böldi.












