Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada «megazilzila» sodir bo‘lish ehtimoli 80 foizgacha oshdi
Yaqin 30 yil ichida Nankay yorig‘ida 8-9 balli zilzila yuz berishi mumkin. Mazkur hududda har 100-150 yilda kuchli yerosti silkinishlari sodir bo‘ladi.
Yaponiyada oxirgi 30 yilda Nankay yorig‘i zonasida «megazilzila» yuz berish ehtimoli 80 foizgacha oshdi. Bu haqda Zilzilalarni tadqiq etish bo‘yicha hukumat komissiyasi ma’lum qildi, deb xabar beradi Kyodo News.
Komissiya raisi Naosi Xirataning ta’kidlashicha, 2024 yil 1 yanvarda Noto yarimorolida sodir bo‘lgan zilziladan keyin Yaponiyada bir necha marta 6 magnitudali yerosti silkinishlari kuzatilgan.
U seysmik faollik yana qanchadir vaqt davom etishi mumkinligi sabab ogohlikni saqlab qolish kerakligini qayd etdi. Xirataning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi seysmik faollik oldinlari Yaponiyada kuzatilmagan, shu bois «u qachon to‘xtashini oldindan aytish mushkul».
2024 yil 8 avgust kuni Miyadzaki prefekturasi sohillarida 7,1 magnitudali zilzila kuzatilganidan keyin Yaponiya hukumati Nankay yorig‘ida ham yerosti silkinishlari yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirish bilan chiqqandi.
Yaponiya anchadan beri yaqin 30 yil ichida Nankay yorig‘ida 8-9 balli zilzila sodir bo‘lishidan xavotirda. U kuchli yerosti silkinishlari va ulkan sunamilarni yuzaga keltirishi mumkin. Ta’kidlanishicha, mazkur hududda har 100-150 yilda kuchli zilzilalar sodir bo‘ladi va bundan oldingi zilzila salkam 80 yil oldin yuz bergan.
Mavzuga oid
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonga texnik yordam ajratadi
22:52 / 22.05.2026