Yaponiya Immigratsiya xizmati agentligi mamlakatda noqonuniy yaşab kelgan ikki nafar Özbekiston fuqarosini deportatsiya qildi.

Xabar qilinişiça, ular Yaponiyaga qisqa muddatli viza bilan kirişgan.

Viza muddati tugaganidan keyin ham mamlakatda noqonuniy qolib ketişgani sababli rasmiylar tomonidan hibsga olingan.

Agar Yaponiyada noqonuniy yaşaş yoki işlaş holatlari aniqlansa, politsiya tomonidan hibsga oliş va uşlab turiş, immigratsiya muassasalarida qamoqqa oliş yoki deportatsiya qiliş kabi çoralar köriladi. Bundan taşqari, Yaponiya hukumati qonunbuzarlik qilgan şaxslar haqidagi ma’lumotni Özbekiston hukumatiga ham taqdim etadi. Bunday şaxslarga nisbatan Özbekistonga qaytganidan keyin ham tegişli çoralar körilişi mumkin.

Şuningdek, “Yaponiyada qoçqin maqomini oliş uçun ariza berilsa, uzoq muddat qoliş yoki işlaş mumkin” degan notöğri ma’lumot tarqalgan. Bunday maqsadlar bilan qoçqin maqomini oliş uçun ariza berişga ruxsat etilmaydi. Agar qoçqin maqomi rad etilsa, immigratsiya muassasasiga joylaştiriş yoki deportatsiya qiliş kabi çoralar qöllaniladi.