Pskov şahar sudi sudyasi Viktoriya Malyamova «Yabloko» partiyasi raisi örinbosari Lev Şlosbergni Rossiya armiyasini takroran «obrösizlantiriş» (280.3-modda, 1-qismi) va harbiy «feyklar» tarqatişda (207.3-modda, 2-qismi «d» bandi) aybdor deb topib, 11 yil-u bir oy muddatga ozodlikdan mahrum etiş töğrisida hukm çiqardi.
Prokuror Anna Goryaçeva siyosatçini 12 yil-u bir oy muddatga ozodlikdan mahrum etişni söragandi. Hukm oldingi jazo inobatga olingan holda çiqarilgan – 2025-yil noyabrda «çet el agenti» majburiyatlariga rioya etmagani uçun Şlosbergga 420 soatlik majburiy mehnat jazosi tayinlangandi.
Unga nisbatan armiyani «obrösizlantiriş» böyiça iş oçilişiga «Odnoklassniki»da tarixçi Yuriy Pivovarov bilan debati videosini joylaştirgani sabab bölgandi, debatda u Rossiyaning Ukraina bilan uruşini darhol töxtatiş zarurligini yoqlagan. Şlosbergning qayd etişiça, uni «debatdagi muxolifining fikrlarini tarqatişda, ya’ni özi bahslaşgan pozitsiyani tarqatişda» ayblaşgan.
«Feyklar» töğrisidagi iş esa Şlosbergning telegram-kanalida 2022-yil 25-fevral kuni «Exo Moskvy» naşrining Britaniyadagi Daily Mirror gazetasining birinçi sahifasi joylaştirilgan postini repost qilişi tufayli oçilgan. Öşa sahifada qonga belangan ayol va Vladimir Putin tasvirlangan, şuningdek, «Uning qoni... Uning qöllari» yozuvi yozilgandi. Siyosatçi uşbu repost Rossiyada armiya haqidagi «feyklar» töğrisidagi qonun (qonun Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 4-mart kuni imzolangandi) paydo bölişidan oldin amalga oşirilganiga urğu qaratgan.
14-avgust kuni Pskov şahar sudida muzokara bölib ötdi – unda siyosatçining advokatlari qatnaşa olmadi (ikkitasi boşqa sud jarayonlari bilan band edi, uçinçisi şifoxonaga tuşib qolgandi). Ammo sudya Malyamova sud majlisini keyinga qoldirmadi va Şlosbergning e’tirozlariga qaramay, uning uçun davlat tomonidan tayinlangan advokatni taklif qildi. Holbuki, jinoyat-protsessual kodeksiga köra, ayblanuvçi muayyan advokat xizmatidan voz keçiş huquqiga ega. Natijada siyosatçi muzokaralarda iştirok etmadi.
Öşa kuni Şlosberg sönggi söz bilan çiqiş qildi. Sudya muntazam ravişda siyosatçining gapini bölib, uning nutqiga aralaşdi. Xususan, Şlosberg Rossiya va Ukraina örtasida öt oçişni töxtatiş zarurligi haqida gapirganida, sudya uning gapini bölib qöyib, buni «bayon qilingan holatlar körib çiqilayotgan jinoiy işga aloqador emasligi» bilan izohlagan.
Lev Şlosberg – uruşga oçiqçasiga qarşi çiqqan va şu bilan birga Rossiyada qolgan kam sonli rossiyalik siyosatçilardan biridir. U 2022-yildan beri aynan uruşga qarşi pozitsiyada turib kelgan: u doimo birinçi navbatda harbiy harakatlarni töxtatişni talab qilgan. Şu sababli u hamda mamlakatni tark etgan blogerlar va siyosatçilar örtasida ziddiyatlar yuzaga kelgan. Xususan, publitsistlar Viktor Şenderoviç va Sergey Parxomenko Şlosbergni birinçi navbatda harbiy harakatlarni töxtatiş tarafdori ekani uçun tanqid qilişgan. Siyosatçining özi Ukraina qurolli kuçlarini qöllab-quvvatlovçi siyosiy muhojirlarni ular «harbiy harakatlar Kursk oblastiga köçgani, harbiy xizmatçilar va tinç aholi örtasida qurbonlar bölganidan xursandçilik qilişgani» tufayli «begona qondagi partiya» deb atagan.













