Özbekistonda texnikum taşkil qiladigan yoki davlat texnikumini olib xalqaro standart asosida kadr tayyorlaydigan tadbirkorlarning xarajatlari soliğidan çegirib beriladi.

Bu tizim orqali 1 million yoşni zamonaviy kasblarga örgatib, yuqori daromadli işlarga joylaştiriş maqsad qilingan. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan muloqotda aytib ötdi.

Şuningdek, Urgançda Germaniya va Xitoy tajribasi asosida öquvçilarni “yaşil” energetika, quriliş, hamşiralik, agronomlik, elektrotexnika kabi 10 turdagi kasbga yönaltiriş tizimi yölga qöyilgan. Uşbu tajriba respublikaning barça hududlariga tatbiq etiladi.

Prezident har yili 50 milliard dollarlik yuqori texnologik investitsiya loyihalari amalga oşirilayotganini qayd etib, ularda kadr tayyorlaş komponenti bölişi şartligini ta’kidladi.

“Har bir loyihaning samarasi faqat texnologiyaga emas, uni işlata oladigan malakali kadrlarga boğliq”, – dedi davlat rahbari.