Joriy yil fevral oyida AQŞ Isroil bilan Körfazda yangi uruş boşlanganidan beri Eronning dengiz, energetika va moliya sohalariga yana qöşimça sanksiyalar kiritdi. Hörmuzda dengiz qamalini boşladi. Uruşning beşinçi oyiga kelib prezident Tramp Eronga yana iqtisodiy «qattiq zarba berişga» va’da bermoqda.
AQŞ prezidenti Donald Tramp ötgan haftada Eronga iqtisodiy jihatdan qattiq zarba berişga va’da berdi. Bu ogohlantiriş – AQŞ moliya vaziri Skott Bessent kelasi haftadayoq Tehronga nisbatan «ilgari heç qaçon körilmagan» çoralarni joriy etişini aytganidan bir kun ötib yangradi.
Aslida AQŞ, BMT va Yevropa Ittifoqi 1970-yillarning oxiridan beri Eronning yadroviy dasturi, inson huquqlarining buzilişi kabi turli sabablar bilan unga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan. Eronga nisbatan savdo embargolari joriy qilingan va milliardlab dollarlik aktivlari muzlatib qöyilgan.
Joriy yil fevral oyida AQŞ Isroil bilan Körfazda yangi uruş boşlanganidan beri Eronning dengiz, energetika va moliya sohalariga yana qöşimça sanksiyalar kiritdi. Hörmuz böğozida dengiz qamalini boşladi.
AQŞ Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasi (OFAC) ma’lumotlariga köra, Trampning ikkinçi muddatida davomida agentlik yana 1000dan ortiq jismoniy şaxslar, kemalar va samolyotlarga sanksiyalar kiritdi.
Sönggi çoralar – Eronning yaşirin neft floti; kemalarni suğurtalovçilar; uning qurol sotib olişiga imkon beruvçi sub’yektlar hamda raqamli birjalarga qaratilgan. Reutersʼning yozişiça, natijada Eron bilan aloqador köriladigan yuzlab million dollarlik kriptovalyuta muzlatib qöyilgan.
Ekspertlarning fikriça, Tramp ma’muriyati Eronga bosimni oşiriş uçun quyidagi variantlarni ham sinab körişi mumkin:
Xitoyning «çoynak» zavodlariga qarşi sanksiyalar
«Çoynaklar» nomi bilan tanilgan mustaqil neftni qayta işlaş zavodlari – Xitoy qayta işlaş quvvatining çorak qismini taşkil qiladi. Ular past va ba’zida manfiy foyda marjasi bilan işlaydi.
Kpler tahliliy firmasining 2025-yildagi ma’lumotlariga köra, Xitoy Eron eksport qiladigan neftning 80 foizdan ortiğini sotib oladi. Mustaqil neftni qayta işlaş zavodlari esa uşbu savdoning katta qismini özlaştiradi. Natijada ular «ikkilamçi çoralar» xavfi ostida qolişi mumkin.
AQŞ avvalroq Xitoyning yirikroq mustaqil neftni qayta işlaş korxonalarini Eron neftini sotib olişdan qaytargan edi. Biroq kiçik mustaqil zavodlar ma’lum darajada daxlsizdir. Çunki ularning AQŞ moliya tizimi bilan deyarli aloqasi yöq.
Xitoy banklariga qarşi sanksiyalar
OFAC (Xorijiy aktivlarni nazorat qiliş boşqarmasi) Eronning milliardlab dollarlik neftini qayta işlaşda va qurol sotib olişni moliyalaştirişga yordam berişda ayblangan – Xitoy va Gonkongdagi kiçikroq taşkilotlarga ikkilamçi sanksiyalar kiritgan.
Moliya vazirligi, şuningdek Xitoyning ikkita yirik bankini – agar ular Eron mablağlarini aylntirayotgani aniqlansa, ikkilamçi sanksiyalarga uçraşi mumkinligi haqida ogohlantirgan. Biroq AQŞ hozirça ularga nisbatan sanksiya joriy etgani yöq.

AQŞ rasmiylarining Reutersʼga aytişiça, uşbu ikkita bankka zarba berişi – yirikroq moliya institutlariga jiddiy tiyib turuvçi ta’sir körsatişi mumkin. Ammo, sanksiyalar böyiça ekspertlar bu – Pekinning javob çoralarini keltirib çiqarişidan ogohlantirgan.
Şu bilan birga Oq uy rasmiylari yil oxirida Tramp va Si örtasida kutilayotgan uçraşuv oldidan Vaşington va Pekin örtasidagi ziddiyatlarni yumşatişga harakat qilmoqda. Ular Xitoy ilğor texnologiyalar işlab çiqariş uçun zarur bölgan muhim minerallar eksportini qisqartirişi mumkinligidan xavotirda.
«Körsiçqon öyini» – tuganmas kuraş
Bulardan taşqari, AQŞ – Eronning sanksiyalarni aylanib ötişiga va harbiy harakatlari uçun daromad yiğişiga yordam berayotgan şaxslar va taşkilotlarni nişonga olişda ham davom etişi mumkin.
Yaqinda Moliya vazirligi Eronning neft daromadlarini tovarlarga almaştirayotgan vositaçi firmalarga qarşi sanksiyalar kiritgandi. Ammo, tahlilçi Brett Eriksonning ta’kidlaşiça, bunday çoralar «körsiçqon öyini» – biri yöq qilinsa, boşqasi paydo böladigan yondaşuviga teng. Çunki, bunday sanksiyalar Eronning xatti-harakatlarini özgartirmaydi, eronliklar ularning örniga şunçaki yangi taşkilotlarni tuzib olaveradi.
Sanksiyalar böyiça yana bir ekspert Miad Malekining aytişiça, Bessent, ehtimol, Eronga – tölovlarni amalga oşirişga yordam beruvçi neft taşuvçilar, xaridor va valyuta ayirboşlovçilar ustidan nazoratni kuçaytirişga işora qilgan bölişi mumkin.
Uning qöşimça qilişiça, AQŞ «dengiz qamali»ni e’lon qilgan bir paytda, Eronning imkoniyatlarini pasaytirişga qaratilgan aviatsiyaga oid navbatdagi sanksiyalar ham kiritilişi mumkin.
Quruqlik qamali
AQŞ va Isroilning ayrim rasmiylari quruqlikdan qamal qiliş ehtimolini ilgari surişdi, deb yozmoqda naşr. Bu esa Eronning qöşnilari: Iroq, Turkiya, Pokiston, Afğoniston, Turkmaniston, Ozarbayjon va Armanistonning yordamini talab qiladi.

Tramp ma’muriyati Afğonistondan taşqari bu davlatlarning barçasi bilan turli darajadagi yaqinlikka ega. Ammo, u yerdagi çegara şundoq ham toğli va nazorat qiliş öta qiyin hudud hisoblanadi.
Tramp, masalan yaqinda öz iqtisodiyotdagi dollar taqçilligidan çiqib ketiş uçun AQŞdan 10 milliard dollar naqd pulda qarz söragan Pokistonga ta’sir körsatişi mumkin. Bundan taşqari, AQŞning F-35 harbiy samolyotlari dasturiga qaytişga intilayotgan Turkiyaga nisbatan ham bu reja işlaşi mumkin.
Quruqlik qamali - oziq-ovqat, energiya va töqimaçilik mahsulotlari importini töxtatib qöyiş orqali Eron xalqiga bosimni kuçaytirişi mumkin. Ammo ekspertlarning ta’kidlaşiça, bunday qadamni amalga oşiriş qiyin böladi va u Eronda içki bosimga olib kelmasligi mumkin.
Ikkilamçi tariflar
Oliy sud bunday soliqlarning huquqiy asosini bekor qilganiga qaramay, Tramp Eron bilan biznes qiladigan mamlakatlarning tovarlariga bojlar kiritiş bilan bir neça bor tahdid qilgan.
Ötgan haftada Senat Rossiyaga qarşi keng kölamli sanksiyalar töğrisidagi qonun loyihasini qabul qildi. Naşrga köra, uşbu hujjat Eronga qarşi yangi sanksiyalarni ham öz içiga oladi. Bu esa Donald Trampga – Eron savdosiga yordam beradigan mamlakatlarga qarşi foydalanişi mumkin bölgan yangi tarif vakolatlarini beradi.
Biroq bu qonun hujjatlari hali AQŞ Vakillar Palatasidan ötişi kerak. Kongressda tarif çoralariga nisbatan keng tarqalgan xavotirlarni hisobga olganda, buni amalga oşiriş qiyin keçişi mumkin.
Trampning yangi iqtisodiy bosimi va quruqlik blokadasi tahdidlariga javoban, Eron rasmiylari Hörmuz böğozini yopiş va AQŞdan tovon talab qiliş orqali qarşi bosimni davom ettirib kelmoqda. «Uzoq yillik sanksiyalar bilan yaşaş tajribasi» Tehronni «omon qoliş iqtisodiyoti»ga ötkazgan, deyiş mumkin.
Şu bilan birga Eron AQŞ va uning ittifoqçilari manfaatlariga qarşi harbiy çoralar körişi mumkin. Xitoy bilan yaşirin yoki oçiq neft eksporti orqali AQŞ blokadasini zaiflaştiriş ham davom etadi.
Bundan taşqari, rasmiy Tehron – Donald Tramp saylovçilari va partiyadoşlari bosimiga duç kelayotganini ham yaxşi tuşunib turibdi.











