Qöşma Ştatlarda tegişli ruxsatnomalarsiz yaşayotgan migrantlarni qölga oliş va deportatsiya qiliş böyiça reydlar yangi ma’muriyatning ilk iş kunidan boşlanadi, deb xabar bermoqda Amerika naşrlari.

AQŞning yangi ma’muriyatida çegara nazorati uçun javob beradigan Tom Houmen noqonuniy immigrantlarga qarşi katta «ov» ötkazişni va’da qilmoqda. Foto: Reuters

New York Times va Wall Street Journal aniqlik kiritişiça, Trampning yangi jamoasida çegara muhofazasi uçun mas’ul böladigan Tom Houmen muhojirlar uluşi yuqori bölgan şahar Çikagoda (bu şaharga 2022 yil avgustdan beri 51 mingdan ziyod migrant kelgan) noqonuniy muhojirlarni ta’qib qiliş seşanba kuniyoq boşlanişi mumkinligini va’da qilgan.

Bundan oldinroq, Fox News uçun bergan intervyusida, Houmen butun mamlakat böylab noqonuniy migrantlarga qarşi «katta reyd» ötkazilişini anons qilgandi. U Çikago ommaviy deportatsiyalar uçun «boşlanğiç nuqta» deb atagan. Amaliyotni ötkazişga 100-200 nafar xodimni jalb etiladi.

Naşrning yozişiça, reydning maqsadi «jinoiy ötmişga ega mamlakatdagi noqonuniy migrantlarni aniqlaş»dan iborat. Ular yöl harakati qoidalarini buzgan yoki Bayden ma’muriyati jinoiy javobgarlikka tortiş uçun jiddiy emas deb hisoblagan boşqa huquqbuzarliklarni sodir etgan bölişi mumkin.

Trampning özi ham avvalroq mamlakat tarixidagi eng keng kölamli deportatsiya dasturini şaxsan nazorat qilmoqçi ekanini aytgandi.

Noqonuniy migrantlarga qarşi kuraşiş Trampning Oq uyga qaytiş böyiça kampaniyasining asosiy mavzularidan biri bölgandi
Foto: Nic Antaya/Getty Images

Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) muntazam ravişda noqonuniy migrantlarni tutiş va deportatsiya qiliş bilan şuğullanadi.

Ammo duşanba kuni, Trampning inauguratsiyasidan keyinoq, idora federal immigratsiya rasmiylari bilan çeklangan darajada hamkorlik qiluvçi «boşpana şaharlar»ga qarşi qaratilgan amaliyotni boşlaşi kutilmoqda

Çikagodan taşqari Amerikaning boşqa önlab şaharlari, jumladan Los-Anjyeles va Nyu York kabi yirik şaharlarda ham noqonuniy migrantlarga nisbatan şunday «yumşoq» siyosatga amal qilinadi.