Qayd etilişiça, Özbekiston Qurolli Kuçlarini isloh qiliş böyiça quyidagi yönalişlarda keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda:
Birinçidan, prezident taşabbusi bilan "Xalq va armiya bir tan-u - bir jon" tamoyili asosida hududlarda mudofaa sohasida yagona davlat siyosatini yuritiş maqsadida harbiy-ma’muriy sektorlar taşkil etildi. Bugungi kunda mazkur sektorlar armiya bilan mahalliy hokimiyat örtasidagi aloqalarni mustahkamlovçi, hududiy mudofaa masalalarida hal etuvçi organ bölib xizmat qilmoqda.
Ikkinçidan, rivojlangan mamlakatlar ilğor tajribasi asosida harbiy kadrlar tayyorlaş tizimi qayta taşkil etildi va optimallaştirildi.
Xususan, yangi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari harbiy instituti va Oliy harbiy aviatsiya maktabi taşkil etildi. Özbekiston Qurolli Kuçlar akademiyasi va Markaziy Osiyoda yagona bölgan Qurolli Kuçlarning tibbiyot Akademiyasi taşkil etilib, qisqa vaqt içida innovatsion qurilmalar va jahon darajasidagi texnologiyalarga asoslangan eng zamonaviy öquv-moddiy baza bilan jihozlandi.
Özbekiston Mudofaa vazirligi tizimida harbiy ilm-fanni rivojlantiriş borasida amalga oşirilgan işlar natijasida, sönggi yillarda ilmiy salohiyat 4 foizdan 56,7 foizga yetkazildi.
Uçinçidan, mudofaa sanoati majmuasi faol rivojlantirilmoqda.
Özbekiston Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi taşkil etildi va ayrim turdagi qurol-yaroğ va texnika turlarini işlab çiqariş modernizatsiya qilindi va mahalliylaştirildi.
Hozirgi vaqtda Özbekistonda "Arslon" transportyorlari, "Tarlon-M" va "Qalqon" yengil zirhli avtomaşinalari, şuningdek "Loçin" uçuvçisiz uçiş apparatlari harbiy texnikalarni işlab çiqariş yölga qöyildi.
"Arslon" zirhli transporteri NATO standartlariga muvofiq mamlakat Qurolli Kuçlari uçun maxsus işlab çiqarilgan. Uşbu zirhli transportyor zamonaviy jangovar modulga ega bölib, kunduzi ham, keçasi ham har qanday iqlim şaroitida jangovar vazifalarni bajara oladi.
Umuman olganda, sönggi yillarda qöşinlarning zamonaviy qurollar bilan ta’minlanganlik darajasi 45 foizni taşkil etdi. Öz navbatida, sohadagi izçil islohotlar Özbekiston armiyasining jangovar qudratini 2 barobar oşirdi.
Törtinçidan, harbiy xizmatçilar va ular oila a’zolarining ijtimoiy himoyasi kuçaytirildi. "Inson qadri uçun" tamoyili asosida amalga oşirilayotgan islohotlar doirasida sönggi beş yilda 10 mingga yaqin harbiy xizmatçi imtiyozli kreditlar asosida uy-joy bilan ta’minlandi. Harbiy xizmatçilarni iş bilan ta’minlaş va tibbiy yordam körsatiş masalalari ham e’tibor markazida qolmoqda.











