20 yanvar kuni Donald Tramp AQŞning 47-prezidenti lavozimini rasman egalladi. U bilan birga vitse-prezident Jyey Di Vens ham qasamyod qildi.

Kenny Holston / Getty Images
Tramp AQŞ Oliy sudi raisi Jon Robers qarşisida qasamyod qildi. Bu vaqtda uning yonida rafiqasi Melaniya Injil tutib turdi.
Şundan keyin Tramp inauguratsiya nutqini sözladi va tez orada qator «tarixiy hujjatlar» imzolaşini bildirdi.
Xususan, avvalgi hukumatni tanqid qildi, inflatsiyani yengişga, «söz erkinligi va qonunni qaytariş»ga, «tinçlikparvar va birlaştiruvçi meros» qoldirişga, faqat ikki: erkak va ayol jinsini mustahkamlaşga va’da berdi.
Oq uy veb saytining yangilangan boş sahifasida Trampning surati va «Amerika qaytmoqda» yozuvi, şuningdek, bayonot paydo böldi: «Men har kuni tanamdagi har bir nafas bilan siz uçun kuraşaman. Toki farzandlarimiz va siz munosib bölgan kuçli, xavfsiz va farovon Amerika qurmagunimizça tinçlanmayman. Bu haqiqatan ham Amerikaning oltin asri böladi».

Shawn Thew / Getty Images

Shawn Thew / Getty Images

































