AQŞ prezidenti Donald Tramp 20 yanvar kuni Oq uyga qaytganidan keyin 48 daqiqadan kamroq vaqt içida önlab farmonlarni imzolagan, bu haqda Oq uyning yutub-kanalidagi videoyozuv orqali biliş mumkin. Quyida Trampning prezidentlik lavozimidagi dastlabki qarorlari haqida qisqaça.
Bayden prezidentligi davrida qabul qilingan 78 ta qarorni bekor qildi
Donald Tramp AQŞning oldingi prezidenti ma’muriyati «populyar bölmagan, inflatsiyali, noqonuniy va radikal amaliyotlarga mukkasidan ketgani»ni aytgan. Tramp öz qarori bilan Kubaga «terrorizm homiysi bölgan mamlakat» maqomini tirkagan, inflatsiyani qisqartiriş böyiça qonunning «yaşil» bandlarini bekor qilgan, federal xizmatçilarga masofadan işlaşni taqiqlagan, şuningdek rasmiylar kovidga qarşi emlanişi lozimligi böyiça talabni bekor qilgan.
Tuğiliş huquqi asosida AQŞ fuqaroligini olişni çeklaş
Tramp kindik qoni tökilgan tuproq huquqi (AQŞda tuğilgan har qanday şaxs uşbu mamlakatning töla huquqli fuqarosi hisoblanişi prinsipi) böyiça fuqarolik olişni bekor qilişga qaratilgan farmonini imzolagan. Bu huquq AQŞ Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan hamda 1898 yilda Oliy sud tomonidan tasdiqlangan. Fuqarolik huquqlari va erkinliklari himoyasi böyiça guruhlar koalitsiyasi 20 yanvar kuni Trampning farmoni ijro etilişini töxtatişga urinib, sudga da’vo kiritgan. Kaliforniya va Nyu York kabi ştatlar prokurorlari farmonga e’tiroz bildirişi kutilmoqda.
Immigratsiya va boşpana taqdim etiş böyiça keng qamrovli çeklovlar kiritildi
Tramp noqonuniy migrantlar oqimini töxtatiş uçun Amerika-Meksika çegarasida favqulodda holat e’lon qiliş töğrisidagi farmonini imzoladi. Şuningdek, AQŞ prezidenti qoçqinlarni qabul qilişni tört oyga töxtatib turiş va boşpana söragan, ammo uşbu maqomni oliş talablariga javob bermaydiganlarni çiqarib yuborişni tezlaştirişga farmoyiş bergan. Tramp Amerika-Meksika çegarasida turgan holda boşpana söragan şaxs da’vosi körib çiqiladigan davrda AQŞda emas, Meksikada qolişini talab qiluvçi qoidani ham tiklagan. Bundan taşqari, Tramp Meksika narkokartellarini terrorçilik taşkilotlari deb e’lon qilgan, bu esa noqonuniy migratsiga qarşi kuraşişda qurolli kuçlardan foydalanişga imkon beradi.
Kapitoliy şturmi iştirokçilari afv etildi
Tramp 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyga bostirib kirişda ayblanganlarning aksariyatini «töliq, har tomonlama va sözsiz afv etiş» töğrisidagi farmonini imzolagan. Afv etilganlar soni 1500 ga yaqin. 14 kişiga, jumladan Proud Boys va Oath Keepers ekstremistik guruhlari yetakçilariga nisbatan çiqarilgan hukmlar bekor qilingan.









