AQŞ hududiga ötiş uçun Meksikaga kelgan noqonuniy migrantlar öz mamlakatiga qaytariladi. Bu haqda Meksika prezidenti Klaudiya Şeynbaum Mexikodagi Milliy saroyda ötkazilgan brifingda ma’lum qildi, deb xabar berdi Anadolu.
«Markaziy Amerikaning barça davlatlari, xususan, Gvatemala bilan kelişuv mavjud va hatto yaqinda şu maqsadda uçraşuv bölib ötdi. Kuba bilan ham kelişuv mavjud. Noqonuniy migrantlar Meksika hududiga emas, balki kelgan mamlakatiga jönatilişi kerak», deb ta’kidladi davlat rahbari.
Şu bilan birga, prezident Meksikadagi noqonuniy migrantlarga gumanitar yordam körsatilişiga işontirdi.
«Agar bu odamlar Meksikada bölsa, biz ularga gumanitar sabablarga köra e’tibor beramiz, ammo immigratsiya siyosatimizning bir qismi sifatida biz ularning öz vataniga qaytişini xohlaymiz», dedi Şeynbaum.
Prezidentning qayd etişiça, Meksika rasmiylari migrantlar holati yuzasidan AQŞ rasmiylari bilan muzokaralar olib bormoqda. Davlat rahbarining qöşimça qilişiça, u hokimiyatga kelganidan beri birinçi navbatda migrantlarni ixtiyoriy ravişda vataniga qaytarişni rağbatlantirgan.
Avvalroq, AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi migrantlar bilan boğliq vaziyatga e’tibor qaratib, AQŞ-Meksika çegarasida favqulodda holat e’lon qilgan va nazorat-ötkaziş punktlarini yopgan edi. Şuningdek, u noqonuniy migrantlar ommaviy deportatsiya qilinişini aytdi.
Meksika AQŞ hududiga ötmoqçi bölgan noqonuniy migrantlar uçun asosiy tarnzit mamlakati hisoblanadi.








