Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Yaponiyaning Özbekistondagi elçisi Xatori Takaşi soğliqni saqlaş sohasidagi loyiha uçun 22,9 milliard iyena (147,3 million dollar) miqdoridagi iyena krediti böyiça almaşuv notalarini imzoladi.
Mablağlar Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan ta’minlanadi, marosimda uning prezidenti Akixiko Tanaka iştirok etdi.
Loyiha doirasida Toşkent şahridagi Respublika ixtisoslaştirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazini quriş va tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlaş rejalaştirilgan. Bundan taşqari, loyiha doirasida Samarqand va Buxorodagi oliy darajadagi tibbiyot muassasalariga jihozlar beriladi.
Loyihaning amalga oşirilişi yuqori sifatli tibbiy xizmatlar körsatiş tizimini takomillaştirişi, markazning tibbiyot kadrlarini tayyorlaş böyiça bazaviy öquv markazi sifatidagi funksiyalarini kuçaytirişi, şuningdek, Özbekiston aholisi salomatligini mustahkamlaşga kömaklaşişi kutilmoqda.











