Bu beqarorlikning asosiy sababi – investorlarning Xitoy hukumati iqtisodiy siyosatiga bölgan işonçi kamayişidir.

Hukumat iqtisodiyotni rağbatlantiriş va köçmas mulk bozorini qöllab-quvvatlaşga va’da bergan bölsa-da, bu çoralar kutilgan natijalarni bermadi.

Masalan, tiklaniş uçun ajratilgan mablağlarning katta qismi mahalliy hukumatlarning qarzlarini tölaş uçun sarflandi, bu esa iqtisodiy ösişga ta’sir körsatmadi. Bundan taşqari, uy-joy savdosi asosan yirik şaharlarda oşgan bölsa-da, kiçik şaharlarda narxlar pasayişda davom etmoqda.

Xalqaro bosim ham vaziyatni yanada oğirlaştirmoqda. AQŞ tomonidan Xitoy eksportiga yangi tariflar joriy etilişi mumkinligi va Tencent kompaniyasining Xitoy harbiylari bilan boğliq röyxatga kiritilişi sarmoyaçilarning xavotirini kuçaytirmoqda.

Ayni paytda, Xitoy regulyatorlari bozorni barqarorlaştirişga harakat qilmoqda. Markaziy bank 800 milliard yuan ajratgan va davlat korxonalari aksiyalarni sotib oliş orqali narxlar tuşişining oldini olişga urinmoqda. Biroq, bu çoralar vaqtinçalik yordam berib, çuqur tarkibiy muammolarni hal etmaydi.

Tahlilçilar fikriça, Xitoy iqtisodiyotiga işonçni tiklaş uçun keskin çoralar va uzoq muddatli islohotlar talab etiladi. Aks holda, mamlakat “Yöqolgan ön yillik” nomini olgan Yaponiyaning stagnatsiya davriga öxşaş vaziyatga tuşib qolişi mumkin.