Janubiy Koreyaning Aviatsiya va temir yöldagi avariyalarni tekşiriş qömitasi Boeing 737-800 samolyoti halokati qurbonlarining yaqinlari uçun brifing ötkazdi. Mutaxassislarning aytişiça, samolyotning «qora qutisi» yozuvlari aeroport dispetçerlari «quşlar faolligi» haqida ogohlantiriş berganidan roppa-rosa bir daqiqa ötib töxtagan. Videokuzatuv kameralari tasvirida samolyot quşlar galasi bilan «töqnaşganidan» keyin ikkinçi davraga yöl olgani körinadi, deb xabar berdi Yonhap.
Taxminlarga köra, ikkala dvigatel işdan çiqqanidan keyin samolyotning elektr ta’minoti uzilgan. Aeroport kameralaridan olingan videoda samolyot havoda bölganida dvigatellaridan olov yoki tutun çiqqani qayd etilmagan, biroq komissiyaning tuşuntirişiça, samolyot bir neçta quşlar bilan töqnaşgan deb taxmin qilinmoqda. Mutaxassislar qulagan samolyotning ikkala dvigatelida ham quş patlari va qon doğlari topilganini tasdiqladi.
29 dekabr kuni JeJu Air aviakompaniyasiga tegişli samolyot Muanga qönayotganda halokatga uçradi. Samolyot qöniş yölagida tezligini pasaytira olmay, beton konstruksiyaga borib urilgan va yonib ketgan. Samolyot bortida 181 kişi bölgan. Ulardan 179 kişi halok böldi, samolyotning dum qismida bölgan ikki styuardessa tirik qoldi. Aviahalokat Janubiy Koreya tarixidagi eng halokatli voqea böldi va mamlakatda yetti kunlik motam e’lon qilindi.
Mutaxassislar halokatga texnik nosozlik sabab bölişi mumkinligini taxmin qilişdi. JeJu Air samolyotining ikkita registratori parvozning sönggi daqiqalarini yozib olmagan, bu esa tergovni murakkablaştirgan.








