Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov 14 yanvar — Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan viloyat hokimi örinbosarlari hamda şahar va tuman hokimlarini mukofotlaş uçun 661 mln söm mablağ ajratdi. Bu haqda 20 yanvar kuni viloyat hokimining farmoyişi qabul qilingan. Ammo hujjat e-qaror.gov.uz platformasida “şaxsga doir ma’lumot borligi” vaji bilan yaşirib qöyilgan.

Daryo naşrining xabar berişiça, farmoyişda viloyat hokimi birinçi örinbosarining 2025 yil 14 yanvardagi bildirişnomasi hamda viloyat Iqtisodiyot va moliya boş boşqarmasining 2025 yil 14 yanvardagi xati inobatga olinib, viloyat budjetining 2025 yil boşida şakllangan erkin qoldiq mablağlari hisobidan 14 yanvar — Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan öz faoliyatlarida erişayotgan muvaffaqiyatlari, özlariga yuklatilgan vazifalarni vijdonan, sifatli va öz vaqtida bajarayotganliklari uçun mukofotlaş belgilangan. Buning uçun jami 661 mln 250 ming söm ajratilgan.

Jumladan, viloyat hokimining 7 nafar örinbosarini rağbatlantiriş uçun 201 mln 250 ming, viloyat hokimining oila va xotin-qizlar masalalari böyiça örinbosari — viloyat Oila va xotin-qizlar boşqarmasi boşliğini rağbatlantiriş uçun 28 mln 750 ming söm, şuningdek, Termiz şahar va tumanlar hokimlarini rağbatlantiriş uçun esa 431 mln 250 ming söm ajratilgan.

Uluğbek Qosimovning mazkur farmoyişi jamoatçilik e’tiroziga sabab böldi. Şundan söng hokimlik axborot xizmati uşbu hujjat bekor qilinganini ma’lum qildi.

«Ijtimoiy tarmoqlar orqali Surxondaryo viloyati hokimining örinbosarlari hamda şahar va tumanlar hokimlarini rağbatlantiriş töğrisida qabul qilingan 2025 yil 20 yanvardagi 12−8−0-F/25-sonli farmoyişi yuzasidan turli postlar e’lon qilindi. Mazkur farmoyiş qayta körib çiqilib, bekor qilindi», deyiladi xabarda.

Qöşimça qilinişiça, mablağlar «Kambağallikdan farovonlik sari» dasturiga yönaltirilişi belgilangan.