AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 2022 yil fevralida RF qöşinlarining Ukrainaga keng kölamli bosqiniga yöl qöymasligi kerak bölgani haqida gapirdi.

«Bilasizmi, u ham farişta emas, u bu uruşga yöl qöymasligi kerak edi», — degan Tramp 23 yanvar kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Tramp Zelenskiy Rossiya bilan kelişmoqçi ekanini ta’kidlagan: «Uning joniga tekkan». AQŞ prezidenti sözlariga köra, ukrain armiyasi «yanada kattaroq, yanada qudratliroq kuç» bilan kuraşişga töğri kelmoqda.

«U [Zelenskiy] bunday qilmasligi kerak edi, çunki kelişuvga erişiş mumkin edi», — degan Tramp va buning örniga Zelenskiy „men jang qilişni xohlayman“ deganini qöşimça qilgan.

AQŞ prezidenti uruş boşlanganida Rossiyada «30 ming tank bölgani», «Zelenskiyda esa ular deyarli bölmagani»ni aytgan. «Bunday jang qilmaydilar. Şunda biz [Ukraina]ni texnikalar bilan suğroa boşladik, suğordik, suğordik va suğordik. Va ular bu texnikalardan foydalaniş uçun jasorat topişdi, ammo endi bu uruşni tugatiş kerak», — degan Tramp.

Intervyu vaqtida AQŞ prezidenti yana bir bor agar Moskva uruşni töxtatiş böyiça kelişmaydigan bölsa, Rossiya bilan munosabatlarda «katta sanksiyalar qöllaş» bilan tahdid qilgan. Şu bilan birga, Tramp sanksiya qöllaşni istamasligini aytgan: «Men ruslarni yoqtiraman, ular buyuk xalq».

U avvalroq jahon bozorida neft narxini tuşirişni Rossiyaga ta’sir körsatiş vositasi sifatida keltirgandi. 23 yanvar kuni AQŞ prezidenti Davosdagi iqtisodiy forumda videoaloqa orqali iştirok etib, Saudiya Arabistoni va OPeK davlatlaridan neft narxini tuşirişni söraşini aytgandi. «Ular bu işni nima uçun saylovgaça qilişmaganiga hayronman. Agar narxlar tuşganida, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi tez yakunlangan bölardi», — degan Tramp. 

RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Trampning bu boradagi bayonotiga munosabat bildirib, 24 yanvar kuni «bu mojaro neft narxiga boğliq emasligi»ni aytdi. «Uşbu mojaro Rossiyaning milliy xavfsizligiga tahdid, ma’lum hududlarda yaşovçi ruslarga tahdid, şuningdek, amerikaliklar va yevropaliklarning Rossiya xavotirlarini tinglaşni istamasligi va töliq rad etişi tufayli sodir bölmoqda va bu neft narxiga aloqador emas», — degan u.

Donald Tramp Rossiya-Ukraina uruşini tezroq yakunlaş tarafdori. U Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara ötkazişni rejalaşirmoqda va allaqaçon muzokaralarga tayyorgarlik jarayoni olib borilayotganini aytgan. Kremldagilar Moskva Vaşington bilan «teng huquqlik va hurmat asosidagi muloqot»ga tayyorligi, ammo «hozirça bunday signal kelmagani»ni aytişgan.