Rossiya bilan muzokara olib borişni taqiqlaş haqidagi qaror Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga tegişli emas. Bu haqda Kiyevda Moldova prezidenti Mayya Sandu bilan ötkazilgan matbuot anjumanida bayonot berildi.

Ukraina rahbari 2022 yil 4 oktyabrda Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşining mamlakatdagi separatizm tufayli Vladimir Putin bilan muzokara ötkaziş mumkin emasligi haqidagi qarorini kuçga kiritganini aytdi.

«Nega men bu farmonga imzo çekdim? Çunki Putin Ukrainaga, mustaqilligimizga va menga bevosita ta’sir ötkaziş uçun separatistlar bilan, boşqa davlatlar vakillari bilan birgalikda juda köp turli xil [aloqa kanallarini] juda tez qura boşladi. Köplab muzokara jarayonlari, köplab xufyona siyosiy yölaklar böldi», dedi u.

Zelenskiy sözlariga köra, u «har qanday siyosiy arbobga» Rossiya tomoni bilan muzokaralar olib borişni taqiqlab, Ukrainadagi separatizmni töxtatişga muvaffaq bölgan.

«Men mutlaqo adolatli qaror qabul qildim. Men Ukraina prezidentiman, men har qanday muzokara rahbariman va boşqalarga buni man qilganman. Albatta, bu Putinga yoqmadi, çunki uning köplab kanallari bor edi», deb qöşimça qildi u.

Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi qarori matnida «Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borişning iloji yöqligi» bayon etilgan. U yerda heç qanday istisnolar körsatilmagan.