Boltiq dengizida Latviya va Şvetsiyaning Gotlandi örtasidagi optik tolali aloqa kabeliga zarar yetkazganlikda gumon qilinayotgan Vezhen kemasining egasi Hongkongda röyxatdan ötgan Hai Kuo Shipping 2015B Limited kompaniyasidir. Bu haqda 27 yanvar, duşanba kuni MarineTraffic sayti va Finlandiyaning Helsingin Sanomat (HS) gazetasi xabar berdi.

Malta bayroği ostidagi Vezhen Rossiyaning Leningrad oblasti Ust-Luga portidan oltingugurt yuki bilan suzib ketayotgan edi. Uning operatori Bolgariyaning eng yirik transport kompaniyasi Navibulgar - Boltiqböyi va Xalqaro dengiz kengaşi BIMCO a’zosi.

Şvetsiyaning Aftonbladet gazetasi aniqlik kiritişiça, kema 24 yanvar kuni Ust-Luga portini tark etgan. Şvetsiya Sohil xavfsizlik xizmatining KBV 033 kemasi Vezhen'ni Şvetsiya suvlariga kuzatib qöydi, u Karlskrona porti yaqinida langar taşladi.

Tergov Şvetsiya Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan olib borilmoqda

Jiddiy diversiya gumoni yuzasidan dastlabki tergov Şvetsiya Davlat xavfsizlik xizmati (SÄPO) tomonidan olib borilmoqda. Tergovda bir qança idoralar, jumladan, Milliy politsiya kengaşi, Sohil xavfsizlik xizmati va Şvetsiya Qurolli kuçlari iştirok etmoqda. «Aytişim mumkinki, Şvetsiya rasmiylari hozir uşbu voqeani tergov qiliş uçun birgalikda işlamoqda», dedi katta prokuror Mats Lyungkvist.

«Operatsiya davom etmoqda va hukumat voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib bormoqda hamda tegişli organlar bilan aloqada», — dedi Şvetsiya boş vaziri Ulf Kristersson.

Latviya davlat radio va televideniye markazi avvalroq Venspilsni Şvetsiyaning Gotland oroli bilan boğlovçi kabelda ma’lumotlar uzatilişida uzilişlar haqida xabar bergan. Kabelni ta’mirlaş böyiça çoralar körilayotganda muqobil ma’lumot uzatiş yöllari qöllaniladi.

Latviya boş vaziri Evika Silina X ijtimoiy tarmoğida uning hukumati «şved ittifoqçilari va NATO bilan hodisani tekşiriş, jumladan, hududni patrul qiliş, şuningdek, kemalarni tekşiriş uçun iş olib borayotganini» yozdi.