Özbekistonda yarim tayyor mis simlar va mis mahsulotlari eksporti hamda TIF TN kodi 8504, 8541 va 8544 bölgan tovarlar importi tahlil qilingan holda, zarur hollarda, tegişli bojxona boji stavkalariga vaqtinçalik özgartiriş kiritilişi mumkin. Bu 15 oktyabr kuni imzolangan elektrotexnika sanoatini qöllab-quvvatlaşga oid qarorda nazarda tutilgan.
Yuqoridagi vazifa Jahon savdo taşkiloti bilan işlaş böyiça idoralararo komissiya raisi Jamşid Xöjayevga yuklatilgan.
Mazkur bojxona bojlari bojxona hududida qayta işlaş rejimida qayta işlangan mahsulotlarga nisbatan tatbiq etilmasligi nazarda tutilgan.
Taşqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga köra, yuqorida nazarda tutilgan tovar pozitsiyalariga quyidagi tovarlar kiradi:
· 8504 – elektr transformatorlari, statik elektr özgartiruvçilari (masalan, töğrilagiçlar), induktivlik ğaltagi va drossellar. Amaldagi boj stavkasi – 5 foiz.
· 8541 – yarim ötkazgiçli asboblar (masalan, diodlar, tranzistorlar, yarim ötkazgiçlarga asoslangan konvertorlar); fotota’sirçan yarim ötkazgiçli qurilmalar, şu jumladan, fotogalvanik elementlar, modullarda yiğilgan yoki yiğilmagan, panellarga örnatilgan yoki örnatilmagan; boşqa yoruğlik çiqaradigan diodlar (LED) bilan yiğilgan yoki yiğilmagan yoruğlik çiqaradigan diodlar (LED); pezoelektrik kristallar yiğilişi. Amaldagi boj stavkasi – 0 foiz.
· 8544 – simlar izolyatsiya qilingan (şu jumladan, emallangan yoki anodlangan), kabellar (şu jumladan, koaksial kabellar) va boşqa izolyatsiyalangan elektr ötkazgiçlar, ulagiçlari bölgan yoki ulanmagan; elektr ötkazgiçlari yoki ulagiçlari bilan yiğilgan yoki yiğilmagan alohida qoplamali tolalardan iborat optik tolali kabellar. Amaldagi boj stavkasi – 10 foiz.
Avvalroq Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov Özbekistonda mis sim eksportiga boj kiritilişini ma’lum








