2024 yilning yakunida Özbekistondagi örtaça oylik nominal iş haqi 5 mln 357 ming sömni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan ösiş sur’ati 17,4 foizni taşkil qilgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.

Hududlar kesimida örtaça oylik iş haqining eng yuqori miqdori Toşkent şahri (9 mln 72 ming), Navoiy (6 mln 766 ming) va Toşkent viloyatida (5 mln 98 ming) qayd etilgan.
Eng kam maoşlar esa Qaşqadaryo (3 mln 785 ming), Surxondaryo (3 mln 810 ming) va Namangan (3 mln 869 ming) viloyatlarida kuzatilgan.

Hisobot davrida faqatgina ikkita ma’muriy hududda – Toşkent şahri va Navoiy viloyatida nominal iş haqining darajasi respublikadagi örtaça darajadan yuqori bölib, qolgan barça hududlarda bu körsatkiç respublika darajasidan turli miqdorda past şakllangan.

Ötgan yilda hududlar böyiça örtaça oylik nominal iş haqining eng yuqori ösiş sur’atlari Toşkent şahrida (21,4 foiz), Samarqand (17,6 foiz), Sirdaryo (16,7 foiz), Namangan (16,5 foiz) hamda Farğona (15,1 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.
2024 yilda örtaça oylik iş haqini hisoblaşda 3 mln 138 ming xodimning ma’lumotlaridan foydalanilgan. Şundan 37,8 foizi ta’lim, 18,1 foizi sanoat, 16,7 foizi soğliqni saqlaş sohasi vakillari hissasiga töğri kelgan.

2024 yil yakunlari böyiça sohalar kesimida eng yuqori örtaça oylik iş haqi miqdori:
- bank, suğurta, lizing, kredit va vositaçilik faoliyatida – 15,3 million söm;
- axborot va aloqa sohasida –13,1 mln söm;
- taşiş va saqlaş sohasida – 8,1 mln söm;
- sanoat sohasida – 6,4 mln söm;
- savdo sohasida – 6,2 mln söm;









