Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi zimmasiga quyidagi qöşimça vazifalar yuklatildi:
- biologik faol qöşimçalar va kosmetika mahsulotlari sanoatini rivojlantiriş, şu jumladan, bozor kon’yunkturasini örganiş, tahlil qiliş va işlab çiqarişni mahalliylaştiriş, uşbu yönalişdagi soha korxonalariga ilğor xorijiy amaliyot va standartlarni tatbiq etişga kömaklaşiş;
- mahalliy hokimliklar bilan birgalikda hududiy farmatsevtika korxonalarining investitsiya loyihalarini monitoring qiliş va hisobini yuritiş;
- farmatsevtika sohasini raqamlaştiriş va axborot dasturlarini joriy etiş.
2025 yil yakunigaça Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining laboratoriyasi Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining dastlabki kvalifikatsiya (prequalification) tartibidan ötkaziladi.
2025 yil 1 apreldan:
➖çeklangan savdo ustamalari faqat retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasiga nisbatan tatbiq etiladi;
➖bir işlab çiqaruvçi tomonidan turli savdo nomlari ostida tarkibi bir xil bölgan dori vositalarini işlab çiqarişda uşbu dori vositalarining barçasiga nisbatan eng past referent narx qöllanadi;
➖“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” tomonidan xorijiy valutada qayd etilgan referent narxlar belgilangan hollarda avtomatik ravişda (tadbirkor murojaatisiz) qayta körib çiqiladi.











