Turkiyaning TUSAS kompaniyasi tez orada Özbekistonga ANKA dronlarini yetkazib berişni boşlaşi kutilmoqda. Bu haqda Turkiyadagi mudofaa sanoati va harbiy aviatsiya yangiliklariga ixtisoslaşgan SavunmaSanayiST portali xabar bergan.

Özbekiston tomoni TUSAS bilan neçta dron va qanday narxlarda sotib oliş böyiça kelişuv imzolangani böyiça ma’lumot bermagan.

Turkiyaning global miqyosdagi mudofaa sanoati mahsulotlari, jumladan harbiy uçuvçisiz qurilmalar bozoridagi örni oşib bormoqda. Xususan, Özbekiston şartnoma imzolagani aytilayotgan ANKA dronlaridan Turkiyada qurolli kuçlaridan taşqari Jazoir, Qozoğiston, Tunis, Malayziya, Indoneziya va Çad armiyasi ham foydalanadi.

AKSUNGUR droni

Ikki dvigatelli AKSUNGUR droni havoda 50 soatdan ortiqroq qolişi va 750 kilogramm miqdordagi foydali yukni kötarib uçişi mumkin.

ANKA droni

Bir dvigatelli ANKA SIHA droni esa havoda 30 soatgaça qolişi mumkin va 350 kilogramm foydali yuk kötariş quvvatiga ega. Ikkala qurilma ham turbodizelli aviatsiya dvigatellaridan foydalanadi.

Oçiq ma’lumotlarga köra, ANKA dronining eksport narxi 25 million dollardan oşadi. Xususan, 2020 yilda Tunis Mudofaa vazirligi Turkiyadan 80 million dollarga 3 ta ayni şu tipdagi qurollarni sotib olgan. 2023 yilda esa Indoneziya mudofaa vazirligi 300 million dollarga 12 ta ANKA dronlarini sotib oliş böyiça kelişuv imzolagan. Uşbu kelişuv va narxlar – dronlarni foydalaniş böyiça harbiylarni öqitiş, dronlar uçun bir neça komplekt öq-dorilar va ularni boşqariş punkti kabi qöşimçalarni ham öz içiga oladi.